Moskvada meksikalik ishqiboz Xavyer Mata Sanches degan yigit izsiz yo‘qoldi.
Yo‘qolgan yigitning do‘stlarining aytishicha, u 16 iyundan buyon aloqaga chiqmayapti - o‘sha kuni Sanches o‘zini Alita deb tanishtirgan rossiyalik qiz bilan uchrashgan.
Sanchesning tanishi Amanda Paola Smeke Facebook ijtimoiy tarmog‘ida shunday deb yozadi: "Bu yerda notinchlik borligiga ishonamiz, chunki u bilan oxirgi marta telefonda gaplashganimizda, u nimagadir aralashib qolgan va yig‘lagan edi".
Sanches ikki do‘sti bilan JCH-2018ga tashrif buyurgan edi, ular polisiyaga xabar berishgan.