«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn «Oltin to‘p» mukofotini topshirgan braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldoga hurmat bildirdi.
Angliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqda Ronaldoning qo‘lidan sovrinni qabul qilib olayotgan suratini joylashtirib, unga «Afsonadan» deb izoh qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldo 1997 va 2002 yillarda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.
«Bavariya» 28 oktyabr kuni Germaniya kubogi doirasida «Magdeburg»ni qabul qiladi. Myunxenliklar ayni paytda Bundesligada peshqadamlik qilmoqda.













