Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Qadamboy Nurmetov: «Orol»ga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik»

Qadamboy Nurmetov: «Orol»ga qarshi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik»

Baho:
+ | -

«Xorazm» klubi hujumchisi Qadamboy Nurmetov Pro-liga 17-turidan o‘rin olgan «Orol» (3:0) klubiga qarshi safar o‘yinidan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘yinning 62-daqiqasida Qadamboy darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatda gol urib, hisobni ochgan edi.

«Bugungi o‘yin qiyin bo‘ldi. «Orol»ni o‘z maydonida jiddiy raqib ekanini bilardik. Shunga yarasha yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Niyatimiz g‘alaba qozonish edi. Yigitlarga rahmat, ularning mehnati bilan niyatimizga yetdik.

Bir oydan ortiq vaqt davomida raqib darvozasini ishg‘ol etolmagandim. Bu futbol, ba’zan omad kelmaydi, ba’zan boshqa sabablar yuz beradi. Hujumchilarda ham pasayish yuz berib turadi, mana Luis Suares ham ancha paytgacha gol urolmay yurgan edi. Nasib qilsa, buyog‘iga raqiblar darvozasiga yana ko‘plab gol urishga harakat qilaman.

Muxlislar shuncha yo‘l bosib, bizni qo‘llab-quvvatlash uchun safar o‘yiniga borishdi. Bundan juda xursandmiz, bu bizga juda yordam berdi. Ularning ishonchini oqladik deb o‘ylaymiz» - deb hujumchi so‘zlarini keltirmoqda «Xorazm» klubi muxlislari telegram kanali.

Manba: Хоразм ФК мухлислари
Kiritildi: 00:11, 26.06.2018.
O'qildi: 4128 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик