Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

O‘zbekiston OTJ nazorat uchrashuvida Ummonni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston OTJ nazorat uchrashuvida Ummonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2018 yilning 18 avgustidan 2 sentyabrga qadar Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaning Kartepe shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Yig‘in davomida Ravshan Haydarov shogirdlari Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

O‘yin davomida to‘liq ustunlik vakillarimiz tarafida bo‘ldi va yakunda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ummonni 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Terma jamoamiz tarkibida gollarni Aziz Turg‘unboyev, Zabihillo O‘rinboyev hamda Jasur Yaxshiboyevlar kiritishdi. Olimpiya terma jamoamiz Ummon OTJga qarshi o‘yinni quyidagi tarkibda o‘tkazdi:

O‘zbekiston OTJ: Rahim Davronov (Umid Ergashev, 70), Doston Tursunov, Abbos Otaxonov, Akrom Komilov (Husniddin G‘ofurov, 82), Doniyor Narzullayev (Islom Kenjaboyev, 82), Xurshid G‘iyosov (Oston O‘runov), Jasur Yaxshiboyev (Islom Qobilov, 82), Aziz Turg‘unboyev (Bobur Abduholiqov, 62), Zabihillo O‘rinboyev (Andrey Sidorov, 70), Ikrom Aliboyev (Oybek Rustamov, 82).

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:48, 29.06.2018.
O'qildi: 5292 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик