Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining Yevropadagi vakili tayinlandi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining Yevropadagi vakili tayinlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish borasida bir qator islohotlar va chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bu borada futboli rivojlangan mamlakatlar tajribasidan unumli foydalanish maqsadida bir qator Yevropa mamlakatlari futbol assosiasiyalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilganidan yaxshi xabardorsiz.

Yevropa futbolini yaqindan o‘rganish, Yevropa futbol assosiasiyalari va kuchli jamoalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida O‘FA Yevropada o‘z vakilini tayinlashga qaror qildi. Unga ko‘ra Dilshod Ruzmetov O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasining Yevropadagi vakili etib tayinlandi.

O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi vakilining Yevropadagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

• Futbolchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlari va menedjerlar tayyorlashning (keyinchalik O‘zbekistonda qo‘llashga mo‘ljallangan) zamonaviy Yevropa texnologiyasi va nazorati uslublarini o‘zida aks ettirgan tajriba va ma’lumotlarni to‘plash;

•Evropa Futbol Federasiyalarining O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi bilan hamkorlikka bo‘lgan qiziqishlari haqidagi barcha ma’lumotlarni jamlash;

•O‘zbek futbolining raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish va O‘zbekiston terma jamoasi hamda professional klublarining nufuzli xalqaro musobaqalardagi natijalarini yaxshilash maqsadida, tajribali xorij ekspertlari va mutaxassislarini O‘zbekistonda master klasslar o‘tkazishga jalb qilish;

•O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi va xalqaro futbol tashkilotlarining o‘zaro amaliy uchrashuvlarini tashkil etish ishlarida ishtirok etish.

Ma’lumot uchun Dilshod Ruzmetov 1979 yilda tug‘ilgan. Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida tahsil olgan. Xalqaro huquq bo‘yicha bakalavr va magistr darajasiga ega. Shuningdek, Bremen (Germaniya) Universitetining Yevropa va Xalkaro huquq bo‘yicha master darajali (LL.M.EUR) bitiruvchisi. O‘zbek, rus, ingliz va nemis tillarini mukammal biladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:55, 29.06.2018.
O'qildi: 2196 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.