Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Messi penalti ustasi emas

Messi penalti ustasi emas

Baho:
+ | -

Messi juda yaxshi o‘ynaydi, ammo penaltini yomon o‘yinchi singari bajaradi.

Messi terma jamoasi va "Barselona"da 107 ta penalti tepgan va ulardan 25 tasi muvaffaqqiyatsiz. 76 foiz aniq, bu Grizmann (88%) va Ronaldu (82%) ko‘rsatkichlaridan kam.

"Barselona" tarixida hech kim Messidan ko‘ra ko‘proq penaltidan adashmagan - 503 o‘yinda 22 ta. Avvalgi rekord (145 o‘yinda 7 ta adashish) Eto’Oda bo‘lgan.

Bir necha noaniq penaltilar supermuhim edi: 2012 yilda YECHL yarimfinalida "Chelsi"ga qarshi ("Barsa" chiqib ketgan), Amerika kubogi-2016 finalida (Argentina yutqazgan), JCH-2018 Islandiyaga qarshi (ARgentini qiyinchilik bilan guruhdan chiqdi).

***

Sport ruhshunosi Gerg Froze 2011 yilda futbolchilarning shaxsiy sifatlari va penalti tepish usulini o‘rgangan.

• O‘yinchi darvozabonni e’tiborga olmaydi, nuqtani tanlaydi va tepadi.

• O‘yinchi e’tiborini darvozabonga qaratadi va unin harakatini qarab, teskari tomonga tepadi.

Dunyo futbolchilari bu usullardan birinchisini tanlaydi - uni bajarish oddiyroq. Ikkinchisini top-penaltichilar - Azar va Balotelli qo‘llaydilar. Messi ham ikkinchisini tanlab ko‘rgan, ohista yugurib kelib, darvozabonning harakatini inobatga olib, teskari tomonga zarba.

2006-2014 yillarda Messining statistikasi yaxshi bo‘lgan – koeffisiyent 86% dan tushmagan.

Hammasi mavsum-14/15dan boshlangan: realizasiya 66,6%gacha tushib ketgan ( 12dan 8: har uchinchisi – golmas). Bu oddiy tushuntirildi: darvozabonlar uning usulini o‘rganib olishdi va zarba bermaguncha joylaridan siljimadilar. Bu uni uyaltirdi va juda kuchsiz zarba berdi yoki yuqoriga tepdi.

2015 yilda YECHL 1/8 finalida "Manchester Siti" bilan uchrashuvda "Barsa" 2:1 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi, so‘nggi daqiqada hakam Jo Hart darvozasiga penalti belgilaydi va Messi uni urolmaydi. Jo zarba berilguncha joyidan qimirlamaydi va Messi uning uchun qulay zarba beradi. O‘yindan so‘ng Hart Messsining penalti tepish usulini o‘rganganini tan oldi.

"Klub va terma jamoa uchun bir nechta penaltini urolmaganimdan xafaman. Men shtatli penaltichiman - shuning uchun darvozabonlar mening qanday tepishimni yaxshiroq bo‘ladilar", - degan di Messi.

O‘sha omadsiz mavsumdan so‘ng Leo o‘zgarish qildi. Mavsum-15/16 dan boshlab, boshqa usulni qo‘llay boshladi - u darvozabonga qaramay tepadigan bo‘ldi.

Bu esa hammasini buzib yubordi.

Keyingi uch mavsumdagi Messsining penalti statistikasi shunday ko‘rinishda bo‘ldi:

15/16: 8 urinish, 4 omadli.

16/17: 10 urinish, 9 omadli.

17/18: 6 urinish, 3 omadli.

Messi faoliyatidagi eng yomon ikkita mavsumni o‘tkazdi va 11 metrli nuqtaning har ikkitasida adashdi. Faoliyatidagi umumiy o‘rsatkich 76 dan 70 foizga tushib ketdi.

Leo darvozabonlar uning penalti usulini o‘rganib olganlarini aytganida haq edi. U buni bila turib, darvozabon qo‘li yetar nuqtaga - o‘ngga yoki chapga tepar edi.

"Men uning ijrosidagi ko‘plab penaltilarni o‘rgandim, ayniqsa, oxirgilarini. U bugun aynan shunday tepishini oldindan sezgandek edim va bu ish berdi", - deydi Islandiya darvozaboni Xannes Xalldoursson JCH-2018 guruh bosqichida Messining penaltisini qaytarganidan so‘ng.

Shunga qaramay, Messsi klubda ham, terma jamoada ham penaltichi bo‘lib qolmqda va noaniqliklardan so‘ng ham uni tanqid qilmaydilar

Texnik muammlarga ruhiy muammolar ham qo‘shildi. 2018 yilning yanvarida Messi bu unga bosim o‘tkazayotganini tan oldi: "Yaxshilashim kerak bo‘lgan jihatlarim ham bor. Masalan, penalti. Mashg‘ulotlarda buning ustida ishlashim kerak".

Hozir Messi oldida ikkita yo‘l bor: avvalgi usuliga qaytish yoki zarbalar ustida qattiq ishlash.

Yana bir yechim - penaltini unutish. Terma jamoada penaltini yaxshi baaradigan o‘yinchilar talaygina, birinchi o‘rinda - Aguero (81%). Muammo shundaki, kim Messiga penalti tepishni taqiqlay oladi?

Manba: sports.ru
Kiritildi: 11:44, 01.07.2018.
O'qildi: 5055 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.