Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Toshkentda Amerika-Ispaniya futbol akademiyasi ochildi

Toshkentda Amerika-Ispaniya futbol akademiyasi ochildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Butun dunyo ahli Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati rivojini kuzatayotgan bir vaqtda O‘zbekistonda bo‘lg‘usi futbol yulduzlari avlodini tayyorlash uchun yana bir tamal toshi qo‘yildi.

Joriy yilning 2 iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi sport kompleksi stadionida Amerika-Ispaniya Futbol akademiyasi (AIFA) rasman o‘z faoliyatini boshladi. Respublika miqyosidagi ushbu loyiha O‘zbekistonda yuqori darajali futbolchilar tayyorlash tizimiga muhim hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Loyiha o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘ygan:

O‘zbekistonda sport turizmini rivojlantirish; yosh futbolchilarni loyiha hamkorlari hisoblangan mamlakatlar, xususan, AQSH, Ispaniya, Braziliya, Venesuela, Kolumbiya va Argentina futbol klublarining professional usullari asosida har tomonlama tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash; AIFA yuniorlarining xalqaro musobaqalarida ishtirok etishiga yordamlashish, futbol bo‘yicha milliy terma jamoa uchun sport zahirasini tayyorlash; sport targ‘iboti va yoshlarning intellektual jihatdan rivojlanishiga ko‘maklashish.

AIFA loyihasi tashabbuskori — o‘zbekistonlik ishbilarmon, “GoUzbekTour.com” va “UzbekistanTurismo.com” turkompaniyalari asoschisi, AQSH (Orlando, Florida shtati)dagi Futbol akademiyasi hamkori Shuhrat Qosimov. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “INTOUR-TRAVEL” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Tashkilotchilar futbolga qiziquvchi barcha bolalarga jahon miqyosida professional futbol bilan shug‘ullanish, xalqaro turnirlar, futbol yulduzlarining mahorat darslarida qatnashish va mazkur loyiha hamkor mamlakatlarining diqqatga sazovor maskanlarini tomosha qilish imkonini taqdim etish niyatidalar.

“Bu tadbirlarda ishtirok etish uchun biz eng yaxshilarini tanlamaymiz — bunday imkonga hamma ega!” - deydi futbol maktabiga taklif qilingan, o‘zbekistonlik bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan o‘quv dasturi muallifi, xorijlik murabbiy Gustavo Jeremillo”.

Dastlabki bosqichda AIFAga bolalarni jalb qilish va o‘rgatish Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi sport seksiyalarida olib boriladi. Ularda 4 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar ishtirok etishlari mumkin. Ilk uch oyda o‘zbekistonlik murabbiylar mashg‘ulotlarni AQSHdagi Futbol akademiyasi asoschilari Nelson Veles va Gustavo Jeremillo tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida olib borishadi. Keyin esa loyihaning hamkor mamlakatlari — AQSH, Ispaniya, Braziliya, Kolumbiya, Venesuela, Argentina professional klublaridan kelgan murabbiylar o‘tkazishadi.

Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”.

O‘qish davomida asosiy e’tibor bolalarda futbol bo‘yicha professional sport ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, ularning intellektual o‘sishiga, o‘quv fanlaridan ham yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritishlariga qaratiladi.

Hozirning o‘zida 10 nafarga yaqin murabbiy o‘z shogirdlari bilan mazkur dastur bo‘yicha shug‘ullanishga tayyorligini bildirdi. Bu esa poytaxtning tuman sport seksiyalariga qatnovchi 150 nafardan ziyod yosh futbolchilardir.

Umid qilamizki, ushbu tashabbus poytaxtimizdagi futbolga qiziquvchi bolalar uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochadi va pirovardida mamlakatimiz futbolining rivoji uchun xizmat qiladi.

Botir G‘ofurov.

Manba: www.xs.uz
Kiritildi: 14:20, 03.07.2018.
O'qildi: 5185 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.