Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Xavfli burilish» yoxud futboldagi kutilmagan jarohatlar haqida

«Xavfli burilish» yoxud futboldagi kutilmagan jarohatlar haqida

Baho:
+ | -

Jarohat - millionlar o‘yinida uchrashi mumkin bo‘lgan eng qayg‘uli holat. Ayrim futbolchilar borki, o‘ta g‘alati vaziyatda shikastlanishadi. Soccer.ru ayni mavzuda maqola tayyorlab, bunga yetarlicha misollar keltirdi.

SEM XENDERSON

«Kuin of ze Saut» (SHotlandiya) klubining 19 yoshli darvozaboni oilaviy fermasiga borligidan afsuslangan bo‘lsa, ajabmas. Zero bu nafaqat mashaqqatli mehnat, balki katta tavakkalga teng ekan. Qochib ketgan sigirni fermaga qaytarish vazifasi Xendersonning zimmasiga yuklatilgach, ozodlikdan saramast jonivor ishga jiddiy kirishgan futbolchini jarohatlagandi. Oqibatda, Sem yelkasidan jiddiy jarohat olib, maydonga tusholmagan.

EVER BANEGA

Ba’zan g‘alati jarohatlar o‘ta jiddiy bo‘lib chiqadi. Ishonmasangiz, Banegadan so‘rab ko‘ring. Avtomobilining qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgani sababli, mashina Everning oyog‘ini bosib ketgan. Natija esa - sinish va yarim yil maydondan tashqarida qolish. Bir daqiqalik loqaydlik qanchalik qimmatga tushganini tushunayotgandirsiz?!

SANTYAGO KANISARES

«Valensiya» darvozabonining holati bundanda alamli bo‘lgandi. 2002 yilgi jahon chempionati yakuniy «zayavka»sidan o‘rin olgan Kanisaresda boshqa ispaniyalik kiperlar soyasidan chiqish uchun ajoyib imkoniyat tug‘ilgandi. Ammo taqdir Santyagoga qaltis hazil ishlatdi. Uyida soqol olayotganida, atir idishi yerga tushib chil-chil bo‘lgan, Kanisares esa to‘satdan uni bosib olgandi. Jarohat jiddiy edi - shisha sinig‘i tovonni kesib, oyoq payiga tekkandi. Oxir-oqibat JCH-2002 bo‘yicha tuzilgan rejalar sarobga aylandi.

YARI LITMANEN

Odatda, futbolchilar g‘alati tasodif tufayli emas, balki o‘zlarini haddan ziyod ayamasliklari sababli jarohat orttirib olishadi. Shu bois, aksariyat klublar shartnoma imzolash chog‘ida turli ekstremal sport turlari bilan shug‘ullanishni taqiqlab qo‘yishadi. Umuman, shusiz ham tavakkalchilik holatlari yetarlicha kuzatiladi. Litmanen «Malmyo» klubi sport direktori bilan garov o‘ynab, shisha idishni ko‘zi bilan ochishga uringan. Oqibatda ko‘rish a’zosining jiddiy lat yeyishi sabab Yari bir nechta o‘yinni maydondan tashqarida o‘tkazgan.

OTAR XIZANEYSHVILI

Ko‘z bilan bog‘liq muammo gruziyalik himoyachini ham safdan chiqargan. Ammo unga shisha idish emas, balki but shikast yetkazgan. Xizaneyshvili qayerga borsa ham o‘sha sanamni yonida olib yurardi. Bir safar uxlab yotganida, krovati tepasiga o‘rnatilgan but yiqilib, uning ko‘zini jarohatlagan. Shifokorlar futbolchining ko‘z olmasini davolash uchun ko‘p ter to‘kishgan.

DARIUS VASSELL

Boshqa bir ahmoqona qiliq ham yashil maydon chetida kuzatilgan. «Topqir» forvard o‘zini davolashga kirishib, yiringlagan tirnog‘idan qutulishning g‘alati usulini o‘ylab topdi. Vassell oddiy drel yordamida yarani ochishga kirishdi. Bunday ehtiyotkorsizlik futbolchini tirnog‘i ayirishdan tashqari, bir necha hafta mobaynida futboldan chetda qoldirdi.

ALAN NILSEN

Ko‘z bilan bog‘liq muammolar mavzusini davom ettirib, «Tottenxem»ning daniyalik futbolchisini yodga olamiz. 90-yillar oxiri Alanning ko‘rish qobiliyati xavf ostida qolgandi. E’tiborlisi, uning yangi tug‘ilgan qizalog‘i bunga sababchi bo‘lgan: chaqaloq Nilsenning ko‘ziga barmog‘ini suqib olgan. Ushbu voqeadan so‘ng futbolchi bir necha hafta futboldan chetda qolib, asosiy vaqtini oilasiga ajratgandi.

DARREN BERNARD, KARLO KUDICHINI, MARKO ARNAUTOVICH

Futbolchilar shartnomasida nafaqat ekstremal sport turlari, balki itlar bilan o‘ynash bo‘yicha ham taqiq qo‘yish kerak shekilli. Quyida qayd etiladigan uy jonivorlariga taalluqli uchta holat ham shunga ishora qilmoqda. Darvozabon Kudichini kuchugini sayr qildirayotganda, ehtiyotkorlikka yo‘l qo‘ydi. It kutilmaganda o‘rnidan jilgach, Karlo muvozanatni saqlay olmay, tizzasi bilan yiqildi. Natijada jiddiy operasiyani boshdan kechirdi. Xuddi shunday holat Arnautovich bilan ham kuzatilgandi. Bernard tushgan holat esa barchasidan oshib tushgan. Uning kuchugi uyida axlat qoldirgan, Darren esa buni sezmagan. Kutilmaganda o‘sha axlatni bosib olgan futbolchi yiqilib, jiddiy lat yegan.

RIO FERDINAND

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:10, 12.07.2018.
O'qildi: 4860 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.