Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

JCH tarixiga nazar: musobaqani guruh bosqichida yakunlagan grand terma jamoalar

JCH tarixiga nazar: musobaqani guruh bosqichida yakunlagan grand terma jamoalar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Rossiyada davom etayotgan JCH-2018 guruh bosqichida amaldagi chempion - Germaniya termasi shov-shuvli tarzda guruhdan chiqa olmadi. Soccer.ru shu munosabat bilan mundialning dastlabki chig‘irig‘ida qoqilgan termalar haqida so‘z yuritadi.

Ta’kidlash joizki, jahon chempionatining zamonaviy formati 1998 yildan boshlab amalda qo‘llanib kelinmoqda. Bunga qadar turli formulalar qo‘llangan: ba’zan o‘z kvartetida uchinchi o‘rinni egallaganlar ham «pley-off» yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, avvalroq ikkita guruh bosqichi ham o‘tkazilgan.

Shunday ekan, hisob-kitobni 1998 yili Fransiya yashil maydonlarida o‘tkazilgan JCHdan boshlaymiz.

JCH-1998

Ispaniya termasi

Guruhdagi raqiblar: Nigeriya (2:3), Paragvay (0:0), Bolgariya (6:1).

Yevro-2008|JCH-2010|Evro-2012dagi g‘alabali seriyani qayd etishdan avval ispanlar yirik turnirlarda omadsizlikka yuz tutishgan. Vaholanki, o‘shanda ham tarkib yomon emasdi, jamoani kuchli murabbiylar boshqarishgan. To‘g‘ri, Ispaniya avvallari «pley-off» bosqichiga yetib borardi, ammo 1998 yilgi mundial ancha muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

O‘shanda Xavyer Klemente «Real»dan (ECHLning amaldagi g‘olibi) 6, «Barselona»dan sakkiz futbolchini tarkibga kiritgandi. Jumladan, Raul, Moryentes, Luis Enrike, Subisarreta, Yerro va Pissi - so‘nggi ikki nom egalari JCH-2018da murabbiy sifatida qatnashishga ham ulgurishdi.

Shunday futbolchilarga ega «qizil furiya» jahon chempionatini guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo‘lgandi. Omadsizlik dastlabki bosqichdayoq o‘z so‘zini aytgandi: Nigeriya termasiga qarshi bahsda Yerro yetakchiligidagi jamoa 2:1 hisobida oldinda borayotgandi, ammo ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida vaziyat tamomila o‘zgarib ketdi.

Dastlab Subisarreta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, oradan besh daqiqa o‘tgach, Olise nigeriyaliklar uchun g‘alaba to‘pini kiritdi. Ispanlar keyingi uchrashuvda paragvayliklar himoyasini yorib o‘ta olishmadi - 0:0, Bolgariya ustidan qozonilgan 6:1 hisobidagi g‘alaba esa hech qanday ahamiyat kasb etmadi. Chunki parallel ravishda o‘tgan bahsda Nigeriya Paragvayga yutqazib qo‘ygandi.

JCH-2002

Fransiya termasi

Guruhdagi raqiblar: Senegal (0:1), Urugvay (0:0), Daniya (0:2).

Mana buni yirik jamoaning JCHdagi eng katta muvaffaqiyatsizliklari qatoriga qo‘shsa bo‘ladi. Fransuzlar o‘sha mundialni amaldagi jahon va Yevropa chempionlari sifatida boshlashgan, tarkibda 1998 va 2000 yillardagi turnirlarda g‘oliblikni nishonlagan yulduzlar - Bartez, Desayi, Tyuram, Viyeyra, Makelele, Jorkayeff, Peti, Zidan, Trezege, Anri to‘p surishgandi.

Aynan shu jamoa birorta ham gol urolmay, guruhda so‘nggi o‘rin bilan kifoyalandi. Ochilish o‘yinida «uchranglilar» shov-shuvli tarzda Senegalga imkoniyatni boy berishgan bo‘lsa, keyingi bahsda Urugvay bilan golsiz durangga imzo chekishdi.

Daniyaga qarshi kechgan bahsda jarohatidan qutulgan Zidan safga qaytdi, ammo Zizu ham termasiga yordam berolmadi.

Argentina termasi

Guruhdagi raqiblar: Nigeriya (1:0), Angliya (0:1), Shvesiya (1:1).

O‘sha 2002 yilgi mundialda Argentina termasi «o‘lim guruhi» «qurbon»iga aylandi. Dastlab hammasi yaxshi boshlangandi - kamtarona Nigeriya Batistutaning yagona goli evaziga 1:0 hisobida taslim etildi. Biroq ikkinchi turda «albiseleste» Angliyaga imkoniyatni boy berdi: gol muallifi - Devid Bekxem.

Ushbu voqeani 1998 yilgi voqea uchun o‘ziga xos o‘ch olish sifatida baholaganlar ham uchragandi o‘shanda. So‘nggi turda Marselo Byelsa bosh murabbiyligidagi jamoadan shvedlarni mag‘lubiyatga uchratish talab etilardi. Ammo argentinaliklar so‘nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirib, ishqibozlarga umid bag‘ishlagan bo‘lsalarda, asosiy vazifani uddalay olmadilar.

Vaholanki, bu Argentina ham yulduzli tarkibga ega edi: Pochettino, Samuel, Zanetti, Veron, Simeone, Aymar, Batistuta, Krespo, Ortega...

JCH-2010

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:04, 14.07.2018.
O'qildi: 5670 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.