Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Fransiya—Xorvatiya. G‘alabaga kim munosib?

Fransiya—Xorvatiya. G‘alabaga kim munosib?

Baho:
+-1 | -

JAHON CHEMPIONATI-2018. Final. 15 iyul. FRANSIYA – XORVATIYA. 20.00 (Toshkent)

Hakamlar: Nestor Pitana, Ernan Maydana, Xuan Belatti  (Argentina), Byorn Kuypers (Niderlandiya).

Bugun Moskvada 2018 yilgi jahon chempionati finali uchrashuvi o‘tkaziladi. Final uchrashuvida Jahon chempionligi uchun Fransiya hamda Xorvatiya terma jamoalari maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. O‘yinga Moskvadagi «Lujniki» stadioni mezbonlik qiladi.

Finallar odatda yorqin kechmaydi. Finallar gollarga boy bo‘lmaydi. Final shaxmat partiyasiga o‘xshaydi, hech kim voqealar rivojini o‘zgartirishga zo‘r bermaydi. Ehtiyotsizlikning to‘lovi qimmat, birgina xato chempionlikka bir qadam turgan terma jamoani barchasidan mahrum qilishi mumkin.

Chempionat startida har qanday jamoa finalga chiqishni orzu qilardi, har qanday jamoa uchun ikkinchi o‘rin ham sharafli hisoblanardi, ammo hozir emas. Finalda raqibga tuzoq qo‘yiladi va kutiladi.

Fransiyani finalda kutishgandi. Fransiya Braziliya va Germaniya qatorida turnirning asosiy uch favoritidan biri hisoblangandi. To‘g‘ri, muxlislar boshqacharoq, hujumkor, tomoshabop o‘yin ko‘rsatuvchi, futbolni bayramga aylantirib yuboruvchi, yangi yil archasidek charaqlovchi Fransiyani kutishgani ham bor gap. Ammo Didye Desham mundialga pragmatik, mexanizasiyalashgan va quruq o‘yin ko‘rsatuvchi jamoani olib keldi. Bu jamoa g‘alaba uchun qancha talab qilinsa, shuncha kuch ajratadi, bir gramm ham ortiq emas. Bu terma jamoani g‘alaba uchun olqishlaymiz, ammo uning o‘yinini takror ko‘rmaymiz.

Bu safargi chempionatda fransuzlar xuddiki haqiqiy kuchini ko‘rsatishni istamayotgandek o‘ynab boshladi. Buning foydasini nimchorak finalda ko‘rdik: Argentina to‘liq tor-mor etildi va biz haqiqiy jangovar jamoani ko‘rdik. Deshamning taktikasi markaziy hujumchini (Argentina bilan o‘yinda Mbappe) to‘p bilan ta’minlash va natijani kutishga qaratilgandi. Ammo bu taktika bo‘yicha qachon oldinga o‘tishni murabbiy hal qilardi.

Nima uchun murabbiy hamisha ham hujumga chiqarish knopkasini bosmadi? Aytish mumkinki, bugungi kunga kelib deyarli barcha pragmatik o‘yin ko‘rsata boshlagan, bunday uslub trendga aylangan. Qizig‘i shundaki, Desham qanday qilib, shunday yosh va shijoatli futbolchilarni zerikarli o‘yin ko‘rsatishga ko‘ndirgan? Bu terma jamoaning o‘rtacha yoshi - 26. Bunday yoshda tomirlarda qon gupurishi, ko‘zlar raqibga nisbatan nafrat bilan yonishi, oyoqlar esa o‘z-o‘zidan faqat oldinga chopishi kerak emasmidi?.. Aslida esa ular turnirni sovuqqonlik bilan, emosiyalarsiz, dasturlashtirilgan robotlar kabi o‘tkazishdi.

Yarim finalda ushbu jamoa tomonidan to‘xtatilgan Belgiyaga barcha achindi. Ularning avlodi mukofotga munosib bo‘lgani uchun emas, ular rostan ham jonli, haqiqiy futbol namoyish etishgan, fransuzlar esa o‘yinning oxirgi qismini vaqt cho‘zish bilan o‘tkazishgandi. Ishtiyoq bilan futbol o‘ynagan belgiyaliklar yo‘ldan chiqib ketishdi. Bugunning talabi shu. Bugun futbolni boshqacha o‘ynashadi. Zamona zayli Fransiyaniki.

Yoki yo‘qmi? Balki ruhsiz kiborglarni xorvatlar to‘xtata olar? Ha, faqat Xorvatiyada imkoniyat qolgan. Ha, bu jamoa futbolchilari finalga qadar yo‘lda juda toliqishdi, pley-offda barcha o‘yinlarda qo‘shimcha bo‘limlarda o‘ynashdi, kimnidir bint bilan bog‘lashdi, ular barcha o‘yinlarda oxirgi kuchlari qolguncha maydonda qolishdi. Ular oxirgi jangda qatnashish uchun finalga yetib kelishdi. Endi final o‘yini boshlangani haqidagi hushtak yangraganida bintlar yechiladi, jarohatlar unutiladi, kuchga kuch qo‘shiladi - bularniing barchasi jamoani haqiqiy sunamiga aylantiradi.

Xorvatiya ham turnirda kamtarlik bilan ishtirok etmoqda. Ammo Fransiyadan farqli ravishda ular o‘z imkoniyatlaridan ko‘proq o‘yin ko‘rsatib, bir bosh baland sakrashmoqdaki, bu ularni hurmat qilish uchun yetarli sabab. Desham qo‘li ostidagi jamoani milliard yevroga baholash mumkin. Xorvatlardachi? Modrich va yana 10 nafar botir yigit. Ular pley-offning har bir bosqichida Everestni zabt etgandek tirishib harakat qilishdi va mo‘’jiza tufayli finalga kuch saqlab qolishdi.

Shu bilan birga, Xorvatiya 120 daqiqalik janglardan keyin o‘yinlarni g‘olib sifatida yakunlay olgani bor. Bu futbol tarixidagi alohida sahifa. Oxirgi marta qachon finalga o‘rtamiyona jamoa yetib kelgandi? Bunday darajadagi jamoalar ishtirokidagi yarim finallarni ko‘p ko‘rganmiz. Ammo asosiy o‘yinda faqat grandlar o‘ynashgan. Xorvatiya esa imkonsiz ish yo‘qligini isbotladi. Buning uchun tarkib milliardlik bo‘lishi shart emasligini ko‘rsatdi.

Albatta, Fransiya favorit. Ularning salohiyati shundayki, agar bu jamoa bir kuchlanish olsa, har qanday raqibni bosib-yanchib o‘tadi. Lekin, agar istashsa, agar o‘t oldirilsa, agar kayfiyat yaxshi bo‘lsa... Balki, bu shunchaki, fransuz futboli asketizmidir - bu ularning haqiqiy darajasidir? Bu jamoa mukammallikdan yiroq, faqat yaxshi ijrochilar tufayli dahshatli ko‘rinar?

Yomon tomoni shundaki, bu savolga finalda ham javob ololmasligimiz mumkin. Fransiya bugun ham ehtiyotkorlik bilan harakat qiladi. Xorvatiya Fransiya istagandek o‘ynashga majbur. Fransuzlar himoyani mustahkamlaydi va raqibni qarshi hujumlarda ushlashga harakat qiladi. 

Xorvatlar esa Modrichdan umid qilishadi. U to‘pni olib qo‘yib, hujumchilarni raqib jarima maydoni hududiga yoki qanotlarga aniq uzatib berishi talab etiladi. Zlatko Dalichning taxminiy rejasi shunday. Xorvatiya qo‘lidan kelganini qiladi va chidaydi.

Bu terma Fransiyani yengishga qodir. Bu safargi jahon chempionatidan har narsani kutish mumkin bo‘lmoqda. Goh Angliya penaltilar seriyasida g‘alaba qozonadi, goh Germaniya Janubiy Koreyaga yutqazadi va to‘rtinchi o‘rinni egallab turnirni sharmandali tarzda tark etadi, goh Rossiya Ispaniyani nimchorak finaldan ortga qaytaradi. Bir oy davomida bu turnir mo‘’jizalar taqdim qilib keldi. Fransiyaning g‘alabasi oddiy qabul qilinadi. Endi ertakning o‘ziga xos yakuni uchun yana bir mo‘’jiza kutiladi.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 19:48, 15.07.2018.
O'qildi: 4096 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.