Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

«Qizilqum» klub faoliyatida hamda stadionda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etdi

«Qizilqum» klub faoliyatida hamda stadionda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan Superliga hamda Pro-Liga 2018 mavsumida ishtirok etuvchi futbol klublari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun reglament asosida aniq talablar ishlab chiqilgan edi.

Biroq o‘tgan davr mobaynida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ayrim klublar ish faoliyati hamda stadionlarida ba’zi bir kamchiliklar aniqlandi hamda Superligada va Pro-Ligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha klublarga tavsiya hamda topshiriqlar berilgan edi.

Iyul oyidan e’tiboran dastlab Superliga, keyin esa Pro-Liga ishtirokchi klublarida PFLning maxsus ishchi guruhi amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirishni boshladi. Dastlab ishchi guruh “Metallurg” hamda “So‘g‘diyona” jamoalarida kamchiliklarni barataraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishgandi.

Bugun O‘zPFL Sport bo‘limining sport inshootlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Laziz Qo‘chqorov boshchiligidagi guruh Navoiyning “Qizilqum” klubida qilingan ishlarni ko‘zdan kechirdi. “Qizilqum” klubi 1 iyulga qadar stadionning ichki va tashqi ko‘rinishini tubdan yaxshilash, stadion yoritish tizimini 1500 lyuksgacha kuchaytirish, stadion chimi holatini yaxshilash, 2018 yil oxiriga qadar teletranslyasiyalar futbolchilar chiqib keladigan va murabbiylar joy oladigan frontga qarama-qarshi tomondan amalga oshirilishi bo‘yicha MTRK mutaxassislari bilan maslahatlashish, futbolchilarni zaxiraga olish va chiqarish uchun elektron tablo olish, stadion tablosini zamonaviysiga o‘zgartirish, legionerlar oldidagi qarzdorlikni to‘liq bartaraf etish va akademiya qurilishi borasidagi ishchi rejasini PFLga taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar olgan edi.  

Belgilangan muddat ichida “Qizilqum” klubida salmoqli ishlar bajarilgani ma’lum bo‘ldi. Jamoa o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigan “Yoshlar” sport majmuasi maydoni holatini yaxshilash bo‘yicha maxsus guruh ish olib bormoqda. Chimning holati hozirgi vaqtga kelib ancha yaxshilangan. Shuningdek, o‘yinchilarni almashtirish uchun yangi zamonaviy elektron tablo harid qilindi. Qolaversa, stadionning katta tablosi ham yangilanmoqda. Tez orada stadionga 768x384 o‘lchamda yangi LED tablo o‘rnatiladi. Yoritish tizimi ham standartlarga javob beradigan darajaga yetkazildi.

Qolaversa, “Qizilqum” klubi legionerlar oldidagi mavjud bo‘lgan qarzdorlikdan butunlay qutildi. Yana klub akademiyasini barpo etish bo‘yicha loyiha tayyorlanib, tasdiqlash uchun taqdim etildi. Akademiya loyihasi tasdiqlangach, yil so‘nggiga qadar akademiya qurilish ishlari boshlab yuboriladi.  

P.S.: PFLning maxsus ishchi guruhi kamchiliklar aniqlangan barcha Superliga hamda Pro-Liga klublarini to‘liq tekshiruvdan o‘tkazadi va tekshiruv natijalari PFL rasmiy saytida e’lon qilib boriladi. 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:33, 17.07.2018.
O'qildi: 2726 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.