Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Lokomotiv» bizga qaraganda kuchli jamoa ekanligi barchaga ayon edi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Lokomotiv» bizga qaraganda kuchli jamoa ekanligi barchaga ayon edi»

Baho:
+ | -
PEPSI Superligasining 17-tur doirasidagi “Lokomotiv” – “Nasaf” (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “ajdarlar” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

"Lokomotiv" bizga nisbatan anchagina kuchli jamoa ekanligini bilardik, bu barchaga ayon edi. Shunday raqibga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. Buni qisman uddaladik deb o‘ylayman, ammo futbolchilardagi mahorat o‘z so‘zini aytdi. Marat Bikmayev O‘zbekistondagi eng yaxshi va eng sermahsul hujumchilardan biri ekanligini isbotladi.

Xamrobekov? Uchta markaziy himoyachi taktikasida o‘ynaganimizda u har doim orqa chiziqda o‘ynadi. «Navbahor» bilan o‘yinda u jamoaning yetakchisi bo‘lgandi. «Lokomotiv» hujumchilari tezkorligini bilardik. Shu boisdan Odil Xamrobekov, G‘olib G‘aybullayev va Umarbek Eshmurodovni markazda o‘ynatdik. Maqsud juda tajribali, biroq tezlikda hujumchiga yutqazadi. Ayta olaman, bu uch futbolchining bugungi birgalikdagi o‘yini bizni qoniqtirmadi. Hujumlar asosan markazdan o‘tkazib yuborildi. «Navbahor» bilan bahsda Akmal Mozgovoy ham yaxshi o‘ynagandi. O‘yinda katta tajriba olishi uchun yoshlardan ham foydalandik. Akmal ham markazda yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Uchrashuv unga katta foyda berdi deb o‘ylayman.

Rahbariyat bilan bir-birimizni tushunamiz. Bir rahbar bilan murabbiylikda birga ishlaganmiz, biri bilan esa akademiyada. Shu boisdan ular bilan til topishish qiyin bo‘lmaydi.

Termaning yangi bosh murabbiyi? Bu savolga javob bermasligim ham mumkin. Biroq qisman ham bo‘lsa ham gapiraman. O‘FAdagilar bizga munosib murabbiy izlash bilan band bo‘lishsa kerak. Umid qilamanki, ular shunday mutaxassisni topishadi va bundan barcha muxlislar xursand bo‘ladi.

O‘yin biz rejalashtirgandek o‘tdi. “Nasaf” futbolchilari tartibli o‘ynashga harakat qilishdi. Biroq Bikmayevning bir o‘zi hujumda yetakchi ekanligini ko‘rsata oldi, raqib himoyada anchagina tartibli ekanligini isbotlashdi. Raqiblar o‘z ishlarini bajarishdi va gollar ura olishdi. Bugunshunday kuchli klub, amaldagi chempionga qarshi munosib o‘yin namoyish qildik.

Jadvalning yuqorisiga ko‘tarilish qiyin bo‘ladi. Biroq bizning futbolchilarda bunga yetarlicha potensial bor va bunga erisha olishimizga ishonamiz.

Sharof Muhitdinov: «O‘yin qiyin o‘tdi. Buni bilardik. O‘yindan oldin murabbiyimiz reja qilgan taktika asosida o‘yin ko‘rsatishga intildik. Ammo vaziyatlardan foydalana olmaganimiz bizga pand berdi. Shu yergacha yetib kelgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman", - deydi Berdiyev.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:28, 19.07.2018.
O'qildi: 3452 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.