Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Milliy olimpiya qo‘mitasida Osiyo o‘yinlari oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

Milliy olimpiya qo‘mitasida Osiyo o‘yinlari oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Bugun, 27 iyul kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun yana sanoqli kunlardan so‘ng Indoneziyada start oladigan XVIII Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov jurnalistlarni qiziqtirgan bir qator savollarga javob qaytardi.

Kutilayotgan medallar

Yakkakurash sport turlaridan medallar shodasini kutamiz. Shuningdek, Osiyo chempionatida muvaffaqiyatga erishgan futbolchilarimizga ham ishonamiz. Bir necha sport turi bo‘yicha Osiyo o‘yinlarida ilk marotaba ishtirok etyapmiz. Ulardan ham umidimiz katta. O‘yinlarda oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz. Har bir sportchimizga ishonamiz.

Terma jamoa a’zolari bugungi kunda nima bilan band?

Ayni paytda Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan barcha sportchilarimiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishmoqda. Osiyo o‘yinlariga zo‘r berib tayyorlanishmoqda. O‘zgarishlar? Ha, bir necha sport turida tarkib bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Chunki terma jamoada raqobat katta. Eng kuchlilarini tanlab olinadi va ularni musobaqaga olib boramiz.



Sportchilarimiz geografiyasi haqida

Terma jamoada faqat Toshkent shahri sportchilari emas, butun Respublikamizdan sportchilar bor. Bungacha keng miqyosdagi saralash bahslari o‘tkazilgan. Ular orqali sportchilar terma jamoaga jalb qilingan. Federasiyalar aynan ularga ishonayotgani uchun ham musobaqaga o‘sha sportchilar borishadi. Barcha yig‘inlar, natijalar, ko‘rsatkichlar tahlil qilingan. Ana shundan keyin bir qarorga kelindi.

Indoneziyada mashg‘ulot olib borish bo‘yicha muammolar bo‘lmaydimi?

Har bir mamlakat delegasiyasi Osiyo o‘yinlarida eng yaxshi sharoitlarda mashg‘ulotlar o‘tkazishga harakat qiladi O‘z navbatida, O‘zbekiston terma jamoasi ham qit’amizning eng nufuzli musobaqasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygan. Indoneziyada sportchilarimizning mashg‘ulot olib borishlari uchun ham sharoitlar yetarli bo‘ladi. O‘yinlar boshlangunga qadar har bir terma jamoa mashg‘ulot zallarini band qilib qo‘yadi. Masalan, O‘zbekiston terma jamoasi uchun 15:00 dan 17:00 gacha boks zali band qilib qo‘yildi. Rejaga binoan o‘sha vaqtda faqat bizning sportchilarimiz mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Bu kabi masalalarning barchasi tashkiliy qo‘mita jadvaliga kiritilgan. Barchasi rejalashtirib qo‘yilgan bo‘ladi va muammo bo‘lmaydi. Tashkiliy qo‘mita tomonidan barcha sharoit yaratib berilgan.

Terma jamoamiz sportchilarining tayyorgarligi

Ayni paytda Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan barcha terma jamoalarimiz tayyorgarlikning yakuniy bosqichini olib borishmoqda. Murabbiylar o‘z strategiyasiga ko‘ra ishlashda davom etishmoqda. Sportchilarimizning aksariyat qismi jismoniy tayyorgarlikni maromiga yetkazib bo‘lishdi. Ayni paytda kimdir texnik va taktik tayyorgarlik olib borayotgan bo‘lsa, yana kimdir ruhiy tayyorgarlikka e’tibor qaratgan. Hullas, tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi qizg‘in pallaga kirgan.

Sportchilarni taqdirlash masalasi

Yaqin kunlarda bu borada hukumat qarori e’lon qilinadi. Sovrindorlarga mukofot pullari albatta beriladi. Qancha miqdorda ekanligi hozircha sir bo‘la qolsin. Ammo, shuni aytishim mumkinki, bu safargi Osiyo o‘yinlarida e’tibor har qachongidan ham yuqori darajada bo‘ladi. Tabiiyki natijalar ham shunga yarasha bo‘lishini kutayapmiz.

Paralimpiyachilarimiz ham jiddiy tayyorlanishadi

ParaOsiyo o‘yinlariga ham tayyorgarlik davom etmoqda. Ayni paytda terma jamoalarimizda seleksiya ishlari olib borilmoqda. O‘yinlarda yengil atletika, dzyudo, suzish, pauerlifting kabi sport turlarida ishtirok etishimiz aniq.



O‘smirlar Olimpiadasi haqida

Buenos-Ayresdagi III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga hozircha 30 ta lisenziya naqd qilganmiz. Yana 7 ta lisenziya qo‘lga kiritilishi kutilmoqda. Ular ham ayni paytda yig‘in o‘tkazishmoqda va jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Osiyo o‘yinlarida ham, o‘smirlar Olimpiadasida ham «Muhimi g‘alaba emas, ishtirok» shiori ostida emas, balki astoydil sovrinlar uchun kurashamiz.

Jamoaning kayfiyati qanday?

O‘rinli savol. Biz shunday reja ishlab chiqqanmizki, unda sportchilarning ruxiy kayfiyatini ko‘tarishga alohida e’tibor qaratiladi. Ular o‘z muammolarini esdan chiqarib, yuqori maqsad yo‘lida kurashga chiqishlari kerak bo‘ladi. Musobaqa davomida ham ular qo‘llab-quvvatlanadi. 2019 yildan boshlab har bir sport turiga alohida psixolog biriktiriladi. Ular sportchi bilan alohida dastur asosida ishlaydilar. Bu ham natijalar samaradorligiga o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazishi shubhasiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 23:45, 27.07.2018.
O'qildi: 1686 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.