Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jakartada Osiyo Olimpiya kengashining Bosh assambleyasi o‘tkazildi

Jakartada Osiyo Olimpiya kengashining Bosh assambleyasi o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Bugun, 19 avgust kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Osiyo Olimpiya kengashining 37-Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston nomidan Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va Bosh kotib Jasur Matchanov ishtirok etdi.

Yig‘ilishni Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Sabah o‘z ma’ruzasi bilan ochib berdi. So‘ngra 2022 yili Xitoyning Hangjou shahri mezbonlik qiladigan Osiyo o‘yinlari va 2026 yili Yaponiyaning Ayti-Nagoya prefekturasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari, 2020 yilgi Tokio yozgi olimpiadasi va 2022 yilgi Pekin qishki olimpiadasi taqdimoti o‘tkazilgan, shuningdek, turli federasiyalar rahbarlari taqdirlangan.

 

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Umid Ahmadjonov yig‘ilish davomida Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Sabah bilan ham uchrashdi va bir qator masalalarni muhokama qildi.

Assambleyada Osiyo olimpiya kengashi vise-prezidenti, Xalqaro havaskor boks assosiasiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov ham qatnashdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:38, 19.08.2018.
O'qildi: 2180 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик