Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining 4-kuni davom etmoqda.
Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik taekvondochi Nikita Rafalovich chorak final bosqichida afg‘onistonlik Ramesh Husaynini 11:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olgan edi.
Yarim final bahsida Nikita Rafalovich iordaniyalik raqibi Elsharabati Solihni qiyinchilik bilan mag‘lub etib finalga yo‘llanma oldi. Rafalovich ochkolar soni bo‘yicha 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.