Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Gvardiola: «U 45 daqiqa ichida maydonda kim zo‘r ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi»

Gvardiola: «U 45 daqiqa ichida maydonda kim zo‘r ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi»

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Rodrining o‘yini haqida gapirdi.

Ispaniyalik futbolchi jarohatidan tuzalib, so‘nggi ikki oy ichida ilk bor maydonga tushdi va "Sanderlend"ga qarshi o‘yinning tanaffusida Niko Gonsalesni almashtirdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.

"Rodri o‘yinni o‘zgartirdi. 45 daqiqa ichida u eng yaxshi bo‘lib qolayotganini isbotladi. Birinchi bo‘limda muammolarga duch keldik, ammo Rodri bilan hammasi osonlashdi: chiziqlar orqali ko‘proq uzatmalar bilan harakat yaxshilandi. Bir yarim yildan beri u bizga juda kerak edi, u jarohatlardan aziyat chekmoqda. Umid qilamanki, endi u eng yaxshi holatiga qaytadi - u bilan biz jamoa sifatida ancha kuchlimiz," - dedi Gvardiola intervyusida.

Yakshanba kuni "shaharliklar" o‘z maydonida "Chelsi"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 08:48, 02.01.2026.
O'qildi: 4523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.