Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

O‘zbek sportchilari Inchxondagi natijani takrorladilar yoxud bu musobaqa tarixdagi eng barakalisi bo‘ladimi?

O‘zbek sportchilari Inchxondagi natijani takrorladilar yoxud bu musobaqa tarixdagi eng barakalisi bo‘ladimi?

Baho:
+ | -

Bugun, 28 avgust kuni O‘zbekiston sport delegasiyasining Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari-2018 musobaqsida to‘plagan medallari soni 38taga yetgani haqida xabar bergan edik.
 
Musobaqaning o‘ninchi kunida o‘zbek kurashchilari delegasiya hisobiga naqd 6 ta medalni qo‘shib qo‘yishdi, bundan tashqari badiiy gimnastikachi Sabina Toshkenboyeva ham kumush medal sohibasiga aylandi.
 
Bu natijalarni yana nega qayta eslatyapsiz?, demoqchimisiz, unda maqolaning davomini o‘qing.
 
O‘zbekiston sport delegasiyasi Osiyo o‘yinlarida ilk marta 1994 yilda ishtirok etishni boshlagan. Yaponiyaning Xirosima shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada vakillarimiz jami 42 ta medal olib, umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallashgan. Ularning 11 tasi oltin, 12 ta kumush va 19 tasi bronza hisoblanadi.
 
Shuningdek, o‘zbekistonlik sportchilar bundan yuqoriroq natijani 2002 yil Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o‘tkazilgan musobaqada qayd etishgan. Ya’ni, 51 ta umumjamoa hisobida medal va 5-o‘rin. Oltinlar soni 15 ta, kumush 12 ta va 24 ta bronza. Bu O‘zbekiston sport delegasiyasining Osiyo o‘yinlarida qayd etgan eng yaxshi natijasi hisoblanadi.
 
To‘g‘ri, 2010 yil Xitoyning Guanjou shahrida o‘tkazilgan "aziada"da biznikilar 56 ta medal olgan. Lekin ularning atigi 11 tasi oltin bo‘lib, qolgan 22 tasi kumush va 23 tasi bronza. 8 yil avval sportchilar delegasiyasi umumjamoa hisobida ro‘yxatning 8-o‘rnini qayd etganini ko‘rish mumkin.

 

Demak, 2002 yil va 2010 yildagi musobaqalarda sportchilarimiz natijalarini solishtirsak, Pusanda biz ko‘proq oltin medal yutganmiz. Umumjamoa hisobida ham O‘zbekiston musobaqani 5-o‘rin bilan yakunlagan. Qanday bo‘lishiga qaramay, yana 19 ta medal bilan O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi natijasini takrorlaydi. Shunda hozirgi avlod sportchilari Guanjou-2010 musobaqasidagi umumjamoa hisobida olgan medallardan bittaga o‘zib ketadilar.

Diqqat qiling:



28 avgust kundagi onlayn jadval esa quyidagicha: 


 
Ayni vaqtda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 4 yilda bir marta bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari musobaqasi davom etmoqda. Bugun shu musobaqaning o‘ninchi kuni ortda qoldi. O‘zbekiston hisobidagi medallar soni – 38 ta.
 
Sportchilarimiz Pusan-2002 musobaqasidagi natijani takrorlashlari uchun yana 6 ta oltin medalga ega chiqishlari kerak bo‘ladi. Umumiy hisob bo‘yicha esa yana 13 ta har qanday medal delegasiya hisobiga “+” bo‘lishi lozim.
 
Shuni ham aytib o‘tish joizki, bugungi natija (9 ta oltin) bilan O‘zbekiston sport delegasiya 4 yil avval Janubiy Koreyaning yirik shaharlaridan biri – Inchxonda qayd etilgan natijani takrorladi. 2014 yil sportchilarimiz Janubiy Koreyada jami 45 ta medal yutishgan, ulardan 9 tasi oltin 14 tasi kumush vanihoyat 22 tasi bronza hisoblanadi. Umumjamoa hisobida 11-o‘rin qayd etilgan.
 
Osiyo o‘yinlari-2018da sportchilar Inchxondagi natijani takrorladi deya olmaymiz. Lekin oltin medallar soni bo‘yicha Inchxon natijasi musobaqaning 10-kunidayoq takrorlanib bo‘ldi. Ha, O‘zbekiston bayrog‘ini balandga ko‘tarishni chin dildan istagan yigit-qizlar Vatandan uzoqda bo‘lsalar-da zero, uddalashyapti.   Indoneziyaga kelgan muxlislar ham sportchilarni har bir o‘yinlarda qo‘llab-quvvatlab turishibdi. Muxlislik kasalini yengish biribir qiyin...


 
Aslini olganda sportchilarimiz bu musobaqada avvalgilaridan ancha yaxshi ishtirok etmoqda. Xar holda yomon natija ko‘rayotganimiz yo‘q, faqat futbolni hisobga olmaganda, hozircha barchasi joyida.
 
Hali yana oldinda yarim finalga chiqqan bokschilar ishtiroki bor, qolaversa, dzyudo va baydarka sport turlaridan ham medallar kelishi kutilmoqda.

 

Albatta, Hasanboy Do‘stmatov, Isroil Madrimov, Iqboljon Xoldorov, Bobousmon Boturov, Miraziz Mirzahalilov, Jasurbek Latipov va Shunqor Abdurasulov kabi bokschilar O‘zbekiston bayrog‘ini yuqorilarga ko‘tarishlariga umid qilamiz. Bu musobaqa tarixdagi eng barakalisi bo‘lishiga ham ishonamiz.

Vatanga yorug‘ yuz bilan qaytishning gashti o‘zgacha, o‘zimiznikilarning bag‘rini ochib kutib olishi odamni bir zum eyforiyaga sho‘ng‘ishga majbur qiladi. Sog‘inch hissi, ko‘z yoshlari...
 
Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib turgan jurnalist Akmal Eshonxonov muxlislarga eksklyuziv materiallar va sportchilar natijalarini onlayn yoritishni rejalashtirgan. Kuzatishda davom eting, Osiyo o‘yinlari o‘zining eng qiziqarli pallasiga kirib bormoqda.

Kiritildi: 00:09, 29.08.2018.
O'qildi: 7277 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.