Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Intervyu. Kristian Abbyatti: «Milan endi o‘ziga o‘xshamoqda»

Intervyu. Kristian Abbyatti: «Milan endi o‘ziga o‘xshamoqda»

Baho:
+ | -

«Milan»ning shonli davrini yaratgan eski qadrdonlar birin-ketin klub tizimiga qaytishayotgan payt Kristian Abbyati qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha harakatlandi.

Ya’ni sobiq darvozabon «rossonerlar» bilan xayrlashdi. To‘g‘ri, u har lahzada qaytishga ham tayyor: «Agar meni chaqirishsa, taklifni katta mamnuniyat bilan qabul qilaman». Lekin hozircha chorlov yo‘q va Kristian shaxsiy motosikllar markazi (Harley Davidson)dagi ishlar bilan mashg‘ul.

Aytish joiz, Abbyati klub menejeri lavozimida o‘zini ancha noqulay sezdi. Qolaversa, mavsum «Milan» uchun juda og‘ir keldi. Natijada sobiq golkiper 2 oycha oldin iste’foga chiqdi.

«Menejer lavozimida hammaga yordam berishing talab etiladi: murabbiylarga, sport direktoriga, turli bo‘lim rahbarlariga, futbolchilarga va hattoki, klub xodimlariga ham.

Bu albatta, maroqli ish. Biroq bitta nozik tomoni shuki, agar biror futbolchi qandaydir «hunar» ko‘rsatsa, bu haqda murabbiyga aytishing shart. Natijada seni chaqimchiga chiqarib qo‘yishadi.

Qisqasi, menejer roli juda «siyosiy» ish va bu men uchun emasligini tezda tushundim. To‘g‘risi, har kuni uyga o‘ta asabiy holda qaytadigan bo‘lib qolgandim. Shularni o‘ylab, Mirabellining shartnomani uzaytirish haqidagi taklifini rad etdim.

Chunonchi, o‘zimni kostyum va bo‘yinbog‘da sira tasavvur qilolmayman.Sportga daxldor ish bo‘lsa, boshqa gap...», - deydi Abbyati.

- Aytchi, xitoylik sarmoyadorlar «Milan»ga nima berishdi, xususan, sen ular bilan munosabat o‘rnatishda qiynalmadingmi?

- Barchasini eski «Milan»dagi holatga o‘xshatib, qattiq yanglishdim, bu mening asosiy xatom. Axir vaqtida muayyan qonun-qoidalarga o‘rganib qolgandim. Biroq rahbariyat almashgach, boshqaruv tizimida qandaydir chalkashliklar boshlandi. Tashkilotchilik yetarlicha shubha uyg‘otgan bo‘lsada, rahbariyat barchasi joyida ekanligini ta’kidlashdan charchamadi.

Shunday ekan, xitoyliklar bilan hamkorlik omadsiz yakunlanganidan aslo hayron qolganim yo‘q. Hammasi shunday xotima topgani qaysidir ma’noda yaxshi ham. Aks holda, klubning depsinishi davom etarmidi? Ochig‘i, «Milan»da faqat Gattuzo ishiga kuchliroq e’tibor qaratgandim.

- U bilan ish yuzasidan gaplasharmidinglar?

- Maqsadimiz Milanelloda barchasini avvalgi aniq qoidalar asosida yo‘lga qo‘yish edi. Rinoga bu masalada hech qanday e’tiroz yo‘q. U murabbiy sifatida meni hayratga soldi - futbolchilar ruhiyatiga yetarlicha ta’sir o‘tkazib, ularni talab darajasida shaylantirish uddasidan chiqdi.

O‘zi hozirgi avlod vakillari bilan ishlash oson emas. Ko‘rganlarimdan kelib chiqib, Elliott kompaniyasiga maslahat beraman - Rinoga tayanish foydadan xoli emas.

- Sen shuningdek, Montella bilan ham hamkorlik qilding...

- Bu deyarli falokat edi. Chunki Montella hech kimga ishonmasdi.

- Mirabelli haqida nima deya olasan?

- U meni yaxshi ma’noda hayron qoldirdi. Ya’ni bor imkoniyatini ishga soldi. Misol uchun, Donnarumma bilan shartnomani uzaytirish jarayoniga bevosita guvoh bo‘ldim va aytishim kerak, Mirabelli bunda o‘z vazifasini qoyilmaqom darajada uddaladi. Axir ko‘pchilik Rayolaga qarshi borolmaydi. Shuningdek, Mirabellining Gattuzoga ishonch bildirgani ham natija berdi.

- Donnarumma haqida: u Reyna bilan raqobatda o‘zini ko‘rsata olarmikan?

- Jijoda buning uchun imkoniyat yetarli - mavsum juda uzun, o‘yinlar ko‘p. Raqobatga kelsak, u birinchi nav­batda, aynan Donnarumma foydasiga xizmat qiladi. Uning uchun eng yaxshisi - «Milan»da qolish.

Mana, jamoada darvozabonlar murabbiyi o‘zgardi va endi Jijoni yangi ish tizimida ko‘rish qiziqarli. Tan olish kerak, Mani yosh kiperni muayyan darajaga olib chiqdi, ammo oxirgi mavsumda Jijo o‘yin bobida aytarli o‘sgani yo‘q. Ya’ni rivojlanishdan to‘xtab qoldi. Endi sur’atni yana oshirishi shart.

- «Milan» rahbariyati 3 nafar qadrdon do‘sting - sobiq «rossonerlar»ni ortga qaytardi. Lekin vaqtida Leo­nardoning «Inter»ga o‘tganini sira tushunmaganingni aytganding...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:11, 29.08.2018.
O'qildi: 3469 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.