Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqqan kurashchiga uy sovg‘a qilindi

Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqqan kurashchiga uy sovg‘a qilindi

Baho:
+ | -

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII Osiyo o‘yinlarida Buxoro viloyatidan 6 sportchi ishtirok etib, ularning to‘rt nafari Vatanga sovrindor bo‘lib qaytdi.

Buxoro viloyat hokimligi tomonidan yozgi Osiyo o‘yinlari qatnashchilarini qutlash marosimi tashkil etildi. Unda viloyat davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar va ularning yaqinlari, yoshlar ishtirok etib, nufuzli musobaqada yuqori natijalarga erishgan sportchilarni g‘alaba bilan qutlashdi.

Milliy kurash musobaqalarida 66 kilogramm vaznda gilamga tushgan Ma’ruf G‘aybullayev finalgacha bo‘lgan barcha bahslarda raqiblaridan kuchli ekanini isbotladi. Hal qiluvchi bellashuvda u terma jamoaning yana bir a’zosi Ruslan Berdiyevdan ustun kelib, oltin medal bilan taqdirlandi.

Buxoro olimpiya zaxiralari maktab-internati tarbiyalanuvchisi, milliy kurashchi Nurbek To‘rayev, mazkur muassasaning yana bir vakili sambochi Ahmadjon Rahmatullayev, erkin kurashchi Siroj Hasanov shohsupaning uchinchi pog‘onasidan o‘rin egalladi. Yengil atletikachi Nigina Sharipova va dzyudochi Shahram Ahadovga esa bronza medali uchun bahslarda bir oz omad yetishmadi.

“G‘alabam sharafiga Vatanimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda menda ro‘y bergan hayajon va ko‘nglimda kechgan tuyg‘ularni ta’riflay olmayman. Bu hisni faqat shunday nufuzli musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan kishigina tuyadi, menimcha, deydi Ma’ruf G‘aybullayev.

– Bizning bu yutuqlarimiz zamirida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan keng sharoit va imkoniyatlar yotadi. Qolaversa, ota-onamiz, ustozlarimizning ta’lim-tarbiyasi, xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etdi. Shuning uchun bu g‘alabamni jonajon O‘zbekistonimizning Mustaqillik bayramiga bag‘ishlayman.

Marosimda sovrindor sportchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Osiyo o‘yinlari oltin medal sovrindori Ma’ruf G‘aybullayevga viloyat hokimligi tomonidan Qorako‘l tumani “Do‘rmon” qishloq massivida zamonaviy loyihalar asosida barpo etilgan ikki sotix yer maydoniga ega uch xonali uy sovg‘a qilindi.

Manba: www.uza.uz
Kiritildi: 19:21, 06.09.2018.
O'qildi: 8484 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик