Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Superliga. «Qizilqum» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

Superliga. «Qizilqum» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi

Baho:
+ | -

"Qizilqum" va "Qo‘qon-1912" jamoalari bundan to‘rt kun oldin O‘zbekiston kubogi chorak final doirasida maydonga tushishgandi. Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan o‘sha bahsda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Superliga doirasidagi uchrashuvni navoiyliklar faol tarzda boshlashdi. Lekin birinchi zarba No‘’mon Hasanov shogirdlariga tegishli bo‘ldi. Jasur Hakimovning uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasi aniq chiqdi. Cheremisin to‘pni egallab oldi.

Bahsning 20-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Artur Gevorkyanning jarimadan tepgan to‘pi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, qo‘qonliklar chiroyli hujum tashkil etishgandi. Sidiqov - Rustamov kombinasiyasidan keyin raqiblar xavfni bartaraf etishdi.

Uchrashuvning 38-daqiqasida mezbonlarda yana bir imkoniyat vujudga keldi. Sanoyevning o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pini Nagayev darvozaga to‘g‘irlab qo‘ya olmadi. 43-daqiqada jarima to‘pidan keyin mehmonlarda yaxshi imkoniyat vujudga keldi. Ro‘ziyevning bosh bilan bergan zarbasini Cheremisini qaytarib qoldi.

"Qo‘qon-1912" ikkinchi bo‘limni faol boshladi. Ketma-ket uyushtirilgan xavfli hujumlarni "Qizilqum" darvozaboni va himoyachilari qaytarishdi. 56-daqiqada maydon egalarining hujumi xavfli ko‘rinish oldi. Grigalashvili ofsayd holatidan gol kiritdi. Hakamning bayroqchasi ko‘tarilib turgan edi. Oradan bir daqiqa o‘tib Iqbol Malikjonovda yaxshi vaziyat bo‘ldi. Uning zarbasini darvozabon egallab oldi. Grigalashvilining yana bir zarbasini O‘tkir Yusupov qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘yinning 62-daqiqada mezbonlar yana to‘p kiritishgandi. Hakamlar ikkinchi marta golni bekor qilishdi. Gevorkyan burchakdan to‘pni o‘yinga kiritgach, Ubaydullayev boshi bilan darvozani ishog‘ol etdi. Bosh hakam raqibdarimiz qo‘pollik ishlatdi deb topdi va golni hisobga olmadi. 66-daqiqada Ivan Nagayevning uzoq burchakka yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo‘limda jamoalar shiddatli hujumlarni tashkil etishdi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar qiziqarli va keskin kurashlar ostidagi o‘yin guvohiga aylanishdi. 78-daqiqada navoiyliklar yana imkoniyaga ega bo‘lishdi. Avvaliga Grigalashvili uzoqdan kuchli zarba yo‘lladi. Yusupov zarbani qaytardi. Qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib Nagayev yetib kelib zarba yo‘lladi, Yusupov bu zarbaniyam qaytardi.

79-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Muhammadanas Hasanov hisobni ochishi mumkin edi. Futbolchi ajoyib reyd uyushtirdi, ammo so‘nggi pallada uning zarbasi biroz kuchsiz chiqdi.

Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida “Qizilqum” futbolchilari hisobni ochishga muvafaq bo‘lishdi. 85-daqiqada  Alisher Sanoyevning chamasi 18 metrlardan yo‘llagan kuchli zarbasini Yusupov qaytarishga ojizlik qildi -1:0.

87-daqiqada Ivan Nagayev futbolchiga xos bo‘lmagan harakati uchun 2-sariq va qizil kartochka bilan jazolandi va mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi.

Shu tariqa, "Qizilqum" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi va o‘z ochkolarini 23taga yetkazib oldi. Navoiyliklar quyi oltilikda peshqadamlikni davom ettirishmoqda.

Pepsi Superliga,  24- tur
“QIZILQUM” – “QO‘QON-1912” – 1:0 (0:0)
Gol: Alisher Sanoyev (85).
“Qizilqum”: 77. Yevgeniy Cheremisin, 4. Erkin Boydullayev, 10. Alisher Sanoyev, 14. Fayzullo Qambarov, 17. Artur Gevorkyan (18. Samandar Shodmonov – 90), 21. Muhsin Ubaydullayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 50. Eldor Boymatov, 88. Ivan Nagayev, 91. Salim Mustafoyev.
“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov (11. Firdavs Asadov – 88), 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov (4. Bahodir Akramov – 67), 17. Quvondiq Ro‘ziyev, 19. Suhrob Berdiyev (96. Muhammadanas Hasanov -77), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Jasur Hakimov, 79. Iqbol Malikjonov.
Hakamlar: Vadim Agishev, Ruslan Serzitdinov, Artyom Kalinin, To‘rabek Suyunov.
Nazoratchi: Arslon Xotamov.
Komissar: Ma’mur Saidqosimov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 22:48, 22.09.2018.
O'qildi: 2083 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.