Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 19:00 Navbahor 3-1 G'azalkent
21/10 21:45 Lill 2-4 Galatasaroy
21/10 21:45 Komo 4-1 Man. Yunayted
21/10 23:00 Levante 3-1 Atletik Bilbao
21/10 23:59 Bavariya 2-2 Arsenal
21/10 23:59 Real Madrid 4-1 RB Leypsig
21/10 23:59 Inter 1-0 Shaxtyor
21/10 23:59 Aston Villa 3-1 Viking
21/10 23:59 Betis 1-0 Feyenoord
21/10 23:59 Bryugge 3-0 Lans
21/10 23:59 Sporting 2-3 LASK
23/10 23:45 Torino - Monsa
24/10 00:00 Alaves - Malaga
24/10 00:00 Ipsvich - Nottingem Forest

O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Xitoyga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Xitoyga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankaning Kolombo shahrida o‘tayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi so‘nggi uchrashuvida maydonga tushdi. O‘yin Kolombo shahridagi «SR&FC Grounds» o‘yingohida Toshkent vaqti bilan 14:30 da boshlandi.

Musobaqa favoriti bo‘lgan Xitoyga qarshi kechgan o‘yinda Ilhom Xanjariyev shogirdlari javobsiz 8 ta gol o‘tkazib yuborishdi.

Umumiy hisob kitoblarga ko‘ra guruhda 1 o‘rinni 12 ochko bilan Xitoy U-16 ayollar terma jamoasi egallagan bo‘lsa, Iordaniya hamda O‘zbekiston 7 ochkodan jamg‘arishdi.

To‘plar nisbatidagi ustunlik evaziga Iordaniya guruhda 2 o‘rinni egalladi hamda Xitoy bilan birga saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, Ilxom Xanjariyev shogirdlari birinchi turda Iordaniya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashgan bo‘lsa, ikkinchi turda Guam ustidan 3:1 hisobida, 3-turda esa Shri-Lanka ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 17:15, 23.09.2018.
O'qildi: 2210 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик