Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Akmal Shorahmedov: «Bunyodkor»ga yaxshi baho beraman»

Akmal Shorahmedov: «Bunyodkor»ga yaxshi baho beraman»

Baho:
+ | -

“Paxtakor” himoyachisi Toshkent derbisi arafasida bahs xususida berilgan savollarga javob qaytardi.

O‘yinga tayyorgarlik qanday kechdi?

- Har ikki jamoa oxirgi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Shu sababli jamoalar muxlislari oldida o‘zlarini oqlashga intilishadi. Bellashuvlar orasida vaqt qisqa, shuning uchun yaxshi hozirlik ko‘rish lozim. "Bunyodkor" yaxshi jamoa va o‘z maydonida harakat qiladi. O‘yin qiziqarli kechadi deb o‘ylayman.

“Lokomotiv” bilan o‘yin haqida qanday fikrdasiz?

- Bu jamoa bilan to‘qnash kelganimizda kim birinchi gol ursa o‘sha jamoada g‘alaba va qarshi hujumlarda ko‘proq vaziyat yaratishga imkon bo‘ladi. Bu safargi to‘qnashuvda raqib birinchi bo‘lib gol urdi. Shu sababli ular qarshi hujumlarda imkoniyatlarni yuzaga keltirishdi.

“Bunyodkor”da ancha yil o‘ynagansiz va murabbiyni yaxshi bilasiz. Bu jamoaga qanday baho berasiz?

- Joriy mavsum ular yaxshi o‘ynashmoqda. Chunki bu jamoani yaxshi murabbiy boshqarmoqda. Moliyaviy muammolarga qaramay, "Bunyodkor" yaxshi natijalar ko‘rsatib kelyapti. Maydonda yuz foiz kuchini bermaydigan futbolchi ushbu murabbiy qo‘l ostida o‘ynamaydi. Ularga juda yaxshi baho beraman.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:38, 23.10.2018.
O'qildi: 2464 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.