Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Luis Garsiya Toshkentga yetib keldi

Luis Garsiya Toshkentga yetib keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Xabaringiz bor,  Professional Futbol Ligasi hamda La liga hamkorligi doirasida bugun poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda yurtimizda ilk bora "Ommaviy El Klasiko" tomoshasi bo‘lib o‘tadi. 

Mazkur tadbirda La liga elchisi - yaqin o‘tmishning mohir futbolchilaridan biri Luis Garsiya ham ishtirok etadi.  Bugun erta tongda jahon futbolida o‘z izini qoldira olgan futbolchilardan biri Garsiya Toshkentga yetib keldi.  Uni bir qator ispan futboli shinavandalari,  futbolimiz jamoatchiligi vakillari tantanali tarzda kutib olishdi.     Luis Garsiya "Ommaviy El Klasiko" tadbirida qatnashadi va yosh futbolchilarga mahorat darsi o‘tib beradi.  Qolaversa,  "Barselona" - "Real M" uchrashuvi oldidan Temur Kapadze boshchiligidagi "Real Madrid" vakillariga qarshi "Barselona" safida ko‘rgazmali o‘yinda maydonga ham tushadi.

- Toshkentda bo‘lib turganimdan juda ham mamnunman.  Bugungi kun doirasidan o‘rin olgan barcha tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishimizga ishonaman.  "El klasiko"dek juda muhim uchrashuvni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bilan tomosha qilish imkoniyatiga egaligimdan xursandman.  Futbol targ‘ibotini kuchaytirishga xissa qo‘shayotganimdan va bu orqali O‘zbekistonda ham do‘stlar orttirayotganimdan baxtiyorman,  - deya fikr bildirdi Garsiya.     Ta’kidlab o‘tamiz,  bugun soat 12:15 da Luis Garsiya ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etiladi.


Yurtimizdagi "Barselona" fan klubi vakillari Luis Garsiyaga maxsus o‘zbekcha naqshlar tushirilgan futbolka sovg‘a qilishdi
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 08:40, 28.10.2018.
O'qildi: 4486 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик