Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Matbuot va axborot agentligi kubogi uchun futbol musobaqasi o‘tkaziladi

Matbuot va axborot agentligi kubogi uchun futbol musobaqasi o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ko‘magida televideniYE, radio, matbuot nashrlari, internet saytlari, nashriyot-matbaa ijodiy uylari jamoalari o‘rtasida Agentlik kubogi uchun mini-futbol musobaqasi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Musobaqa 5 ta guruhga bo‘lingan jamoalar o‘rtasida tashkil etiladi.

“A” guruhida mamlakatimiz televideniyelari, “V” guruhida radiokanallari, “S” guruhida respublika gazeta va jurnallari tahririyatlari, “D” guruhida internet tarmog‘ida OAV sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan veb-saytlar, “E” guruhida Agentlik tizimidagi korxonalarning jamoalari o‘zaro bellashadilar.

Jamoalar yo‘nalishidan kelib chiqib, bitta tahririyatdan yoki bir yo‘nalishdagi bir nechta tahririyat vakillaridan tuzilishi, jamoa a’zolarining umumiy soni 8 nafardan kam bo‘lmasligi lozim.

Uchrashuvlar O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan ajratiladigan tajribali hakamlar ishtirokida mini-futbol qoidalariga ko‘ra tashkil qilinadi.

Musobaqada ishtirok etish uchun arizalar hamda jamoalar ro‘yxati joriy yilning 1 noyabridan 15 noyabriga qadar O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qabul qilinadi. Jamoalar musobaqada ishtirok etish haqida:

- ariza;

- jamoa ro‘yxati;

- jamoa a’zolarining har biri OAV yoki nashriyotda ishlashi haqidagi ma’lumot nusxasini taqdim etishi lozim.

G‘oliblar quyidagi ko‘rinishda mukofotlanadi:

1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi, musobaqa kubogi hamda jamoaga 10 million so‘m pul mablag‘i.

2-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 8 million so‘m pul mablag‘i.

3-o‘rinni egallagan jamoa a’zolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 6 million so‘m pul mablag‘i.

Shuningdek, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi to‘purar”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi yarim himoyachi” hamda “Eng yaxshi himoyachi” kabi nominasiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi va pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Futbol uchrashuvlari O‘zbekiston futbol assosiasiyasining sun’iy qoplamali maydonlarida 2018 yilning 1-5 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.

Batafsil ma’lumotlarni (71) 244-23-72, (99) 898-06-20, (99) 870-83-04 telefon raqamlari, Agentlikning www.api.uz rasmiy sayti hamda @matbuotminbari telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

Tashkiliy qo‘mita.

Manba: api.uz
Kiritildi: 17:14, 02.11.2018.
O'qildi: 2545 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.