Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi jahonda kuchli yigirmatalikdan o‘rin oldi

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi jahonda kuchli yigirmatalikdan o‘rin oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro velosipedchilar Ittifoqi (UCI) velosport bo‘yicha terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarixda ilk marotaba 680 ochko bilan shosse yo‘nalishi bo‘yicha jahon reytingida 20-pog‘onadan joy oldi. Bungacha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi jahon reytingida kuchli yigirmatalikka kira olmagandi.

Bu ko‘rsatkichda velosiped sporti bo‘yicha ayollar milliy terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskayaning hissasi ulkan ekanligini qayd etish lozim. Joriy yilning 14 oktyabr kuni Fransiyada shosse bo‘yicha “Chrono des Nations” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Zabelinskaya ham ishtirok etgan va 26,5 kilometr masofaga o‘tkazilgan poygada (35 daqiqa 54 soniya, o‘rtacha tezlik 45 km/soat) oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston velosiped sport federasiyasi raisi Tanzila Narbayeva hududlarda velosiped sporti bo‘yicha havaskor ayollar klublarini tashkil etish, u yerda Olga Zabelinskaya ishtirokida mahorat darslari o‘tish rejalashtirilganligini qayd etgandi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:06, 02.11.2018.
O'qildi: 4446 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик