Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Baxtiyor Ashurmatov: «O‘yinga kirishib ketishimizga 45 daqiqa yetmadi»

Baxtiyor Ashurmatov: «O‘yinga kirishib ketishimizga 45 daqiqa yetmadi»

Baho:
+ | -

Pepsi Superliga 29-turida “So‘g‘diyona”  o‘z maydonida AGMK ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uyindan so‘ng AGMK bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov  va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Lutfulla To‘rayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yinga kirishib ketishimiz uchun bizga 45 daqiqa kerak bo‘ldi. Raqib jamoa gol kiritmaguncha bizning futbolchilar yaxshi o‘yin ko‘rsata olishmadi. Ikkinchi bo‘lim davomida hujumkor futbol ko‘rsatishga harakat qildik. Afsuski, hisob 1:0 ligicha qoldi. O‘yinning boshidan 100%  tayyorgarlik bilan chiqmaganimiz o‘z so‘zini aytdi va “So‘g‘diyona” g‘alaba qozondi. “So‘g‘diyona”ni tabriklayman. O‘zbekiston Kubogini yutdi degani bu hayot tugadi degani emas. Jamoa yoki futbolchi kuchli ekanligini har bir o‘yinda isbotlash kerak. O‘ylaymanki, yigitlar bugungi mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda “Qo‘qon-1912” ga qarshi bahsda tamomila boshqacha o‘yin namoyish etadi", — deydi Baxtiyor Ashurmatov.

"Bugun ikkala jamoa ko‘rsatgan o‘yin durangga mos bo‘ldi. Birgina xato bizga qimmatga tushdi va So‘g‘diyona g‘alaba qozondi. Oldinda 3ta o‘yin bor. Bu o‘yinlardagi qo‘lga kiritilgan har bir ochko oltingga teng. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz", — deydi Lutfulla To‘rayev.

“So‘g‘diyona” PFK matbuot xizmati

Manba: fcsogdiana.uz
Kiritildi: 19:51, 04.11.2018.
O'qildi: 2368 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик