Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Joze Mourinyu Lamin Yamalning «Real»ga o‘tish ehtimoli haqida gapirdi

Joze Mourinyu Lamin Yamalning «Real»ga o‘tish ehtimoli haqida gapirdi

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Barselona» hujumchisi Lamin Yamalning jamoaga o‘tishi ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.

Portugaliyalik mutaxassis Yamalni yuqori baholashini ta’kidlagan bo‘lsa-da, uni «Real» tarkibida ko‘rishni istamasligini aytdi.

— Lamin Yamalni «Real»da ko‘rishni xohlarmidingiz?

— Yo‘q. Shubhasiz, u ajoyib futbolchi, rivojlanish uchun ulkan salohiyatga ega yosh o‘yinchi. Uning yoshida Yevropa va jahon chempioni bo‘lish — g‘ayrioddiy holat. Ammo bizda yuqori darajadagi tarkib bor va men hech kim uchun jamoada joy bo‘shatmagan bo‘lardim. Hozir ular — mening futbolchilarim. Mening futbolchilarim esa eng yaxshilardir, — dedi Mourinyuning so‘zlarini AS nashri keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyu 18 avgust kuni «Real» bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirildi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:08, 20.08.2026.
O'qildi: 4075 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик