Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Myullerning xotinidan «Bavariya» ustoziga ochiq «hamla»

Myullerning xotinidan «Bavariya» ustoziga ochiq «hamla»

Baho:
+ | -

«Bavariya» joriy mavsum barqaror natija ko‘rsatolmayapti. Boz ustiga, jamoa ichidagi vaziyat ham yaxshi emas, chog‘i. Bosh murabbiy Niko Kovachni hamma tanqid bilan «siylamoqda», hattoki, futbolchilarning turmush o‘rtoqlari ham bu jarayondan chetda qolishmayapti.

Misol uchun Tomas Myullerning hamxonasi Liza xonim Bundesliga 10-turidan o‘rin olgan «Bavariya» - «Frayburg» o‘yini (1:1)dan so‘ng xorvatiyalik mutaxassisga oshkora e’tiroz bildirdi. Unga erining 70-daqiqaga qadar zaxira o‘rindig‘ida qolib ketgani aslo yoqmagan ko‘rinadi.

Liza Myuller o‘z alamini «Instagram» tarmog‘i vositasida to‘kib-sochdi: «Uning (Niko Kovach nazarda tutilgani o‘z-o‘zidan ayon)hammaga ayon haqiqatni anglashiga qadar 70 daqiqa o‘tib ketdi».  Xullas, Liza erining zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan vaqtini shunday izohladi. To‘g‘ri, u keyinroq yozuvlarni o‘chirib tashladi.

Niko Kovach missis Myullerning istehzosiga qandaydir munosabat bildirgani yo‘q, Tomas esa oddiy izoh berdi: «Ha, Liza nimalar yozganini aytishdi. Menimcha, bu shunchaki, ehtiros natijasida yuzaga chiqqan reaksiya.

To‘g‘ri, turmush o‘rtog‘im bunday keskin fikr bildirmasligi kerak. Har holda, barchasini shu tariqa bayon etish yaramaydi. Biroq Liza meni yaxshi ko‘rgani va azbaroyi achinganidan shunday yo‘l tutganki, unga qarshi nima ham qila olardim...?»

Klubda esa Myuller xonimning izohini ancha jiddiy qabul qilishdi. Xususan, «Bavariya» rasmiy saytida alohida bayonot ham berildi. Vaholanki, odatda bunday voqeliklar mutlaqo e’tiborsiz qoldirilardi.

«Tomas Myullerning turmush o‘rtog‘i Liza Bundesliga doirasida «Frayburg»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobida tugagan o‘yindan keyinoq «Alyans Arena» stadionida murabbiy Niko Kovachni qidirib topdi va «Instagram»da erining 70-daqiqagacha zaxirada qolgani yuzasidan bildirgan fikri uchun uzr so‘radi. Kovach uni to‘g‘ri tushundi», - deyiladi klub bayonotida.

Biroq voqeaning uzviy davomi o‘laroq, Liza Myuller keyinroq Tomasning «Instagram»dagi barcha fotosuratlarini o‘chirib tashladi. O‘z o‘rnida qo‘shimcha ma’lumot berish joiz: Tomas va Liza 2009 yili oila qurishgan. Lizaning professional chavandoz ekanligini ham aytish o‘rinli.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:04, 16.11.2018.
O'qildi: 7846 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик