Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Milliy olimpiya qo‘mitasida yengil atletika uchun sportchilarni seleksiya qilish masalasi muhokama qilindi

Milliy olimpiya qo‘mitasida yengil atletika uchun sportchilarni seleksiya qilish masalasi muhokama qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan noolimpiya sport turlari bilan shug‘ullanayotgan sportchilarni olimpiya turlariga yo‘naltirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugungi kungacha bir qator seleksion turnirlar, turdosh sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. Maqsad aniq – noolimpiya yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan sportchilarni olimpiya sport turlariga yo‘naltirish va ular orqali Olimpiada uchun zaxira tayyorlab borishdir.

Ana shu harakatlarning mantiqiy davomi sifatida bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida uchrashuv tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federasiyasi, O‘zbekiston pauerlifting federasiyasi va O‘zbekiston armrestling federasiyasi rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan uchta federasiya vakillari bilan uchrashuvda mazkur sport turlarida faoliyat olib borayotgan sportchilarni yengil atletikaga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.

Unga ko‘ra, polvonlar yengil atletikaning yadro uloqtirish, bosqon uloqtirish kabi sport turlarida sinab ko‘riladi. Bir necha kundan so‘ng sportchilar tayyorgarlikni boshlashadi. Dekabr oyida esa seleksion musobaqa tashkil qilinadi.

Ma’lumot uchun, yengil atletika Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p medallar o‘ynaladigan sport turi hisoblanadi. Ikki yil oldin Braziliyada o‘tkazilgan Olimpiadada sportning ushbu turi bo‘yicha 47 ta medallar jamlanmasi o‘ynalgan. 

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:19, 20.11.2018.
O'qildi: 1614 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.