Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Ranyeri «Fulxem»da ham mo‘jiza ko‘rsata oladimi?

Ranyeri «Fulxem»da ham mo‘jiza ko‘rsata oladimi?

Baho:
+ | -

Qoniqarsiz natijalardan keyin «Fulxem» Slavisa Yokanovichni iste’foga chiqardi va uning o‘rniga yaqin tarixda «Lester»da mo‘jiza ko‘rsatgan Klaudio Ranyeri bosh murabbiy etib tayinladi. Penalti.uz bu haqda maqola yozdi.

O‘tgan mavsumda Premyer Ligaga qaytgan «oqlar»ning yangi mavsumdagi ishlari umuman o‘ngidan kelmayapti. Yokanovich jamoani hozirgacha erishilgan atigi bitta g‘alaba bilan so‘nggi pog‘onani band qilganidan keyin klubni tark etdi. «Kreyven Kottedj» egalari murabbiyini imkon boricha uzoqroq saqlab turdi, ammo xalqaro tanaffus vaqtida «Sautgempton»ga qarshi yaxshilanib tayyorgarlik ko‘rib olish uchun tezkor o‘zgarish qilishga majbur bo‘ldi.

Gap «Fulxem»ning qanday o‘zgarish qilganida! Klub Premyer Liga chempioni Klaudio Ranyerini olib keldi.

Albatta hech kim Ranyeridan yangi jamoasini «Lester» kabi chempion qilishini kutayotgani yo‘q. 2015/16-yilgi mo‘jiza faqatgina bir marta yuz beradi. Buni italiyalik murabbiyning keyingi faoliyati ham ko‘rsatib berdi.

Ammo jamoani «xavfli zona»dan qutqarib qolish haqiqatdan navbatdagi mo‘jiza bo‘lishi mumkin, ayniqsa bu klubda ishlar umuman o‘xshamayotgan bir paytda sodir bo‘lsa.

«Fulxem» ayni vaqtda Premyer Liganing yaqqol autsayderi, hammadan ko‘p gol (31) o‘tkazib yuborgan, hammadan kam (11) gol urgan. Faqattgina bitta o‘yinda g‘alaba qozongan.

Bunday holatda Ranyerining iqtidori jamoani oliy divizionda saqlab qolishi mumkin. Xo‘sh qanday qilib?

Himoyadagi «g‘oralarni yopish»

Klubning birinchi muammosi shuki ular teshilib qolgan suvosti kemasiga o‘xshaydi. «Oqlar»ning himoyasi har qachongidan barbod holatda.

Eng qizig‘i va kulgulisi shundaki klub yozda yaxshi saviyali himoyachilarni sotib olgan edi. O‘tgan mavsumda «Suonsi»da porlagan Elfi Mouson va «Midlsbro»da o‘zini ko‘rsata olgan Chemberslar klub safini to‘ldirishdi.

Ranyeri nima qilishi kerak? Barchasini osonlashtirish zarur. Yokanovich boshqaruvi vaqtida to‘p bilan ko‘proq muomala qilish taktikasini qo‘llashga chiranib ko‘rdi. Ammo bunday sxemada yosh markaziy himoyachilar o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishdi.

Ranyeri Mouson-CHembers himoya juftligiga suyanishi mumkin. Ushbu juftlik Angliya (U-21) termasi safida Yevropa chempionatida porlashgan edi. Buning uchun «Lester»dagi kabi himoyaga yotib olish kerak emas. Ikki yosh himoyachi ko‘p ishga qodir.

«Lester»da 4-3-3 va 4-2- o‘yin uslubida o‘ynagan italiyalik mutaxassis yangi klubida ham yarim himoyachilarni oldingi planga chiqarsa ajab emas. Uning ixtiyorida kuchga to‘la Fosu-Mensa, Angissa kabi yuqori saviyadagi futbolchilar bor.

Gollar urish

Gollar o‘tkazib yuborishni to‘xtatish muammoning bir tomoni xolos. «Fulxem» hujumkor o‘yin namoyish qilayotganiga qaramay gollar urishning uddasidan chiqa olmayapti ham. Ranyeri bilan ular buni uddalashi mumkin.

Avvalo «oqlar»ni «Lester» bilan solishtirib bo‘lmaydi. «Tulkilar»da tezlik, ish koeffisiyenti yuqori va hujumlarni yakunlovchi Jeymi Vardi bor edi. Vardi antiqa uslubda kutilmaganda samarali o‘yin namoyish qilgandi. «Fulxem»da esa bunaqa hujumchi yo‘q.

Ammo ularda Aleksandar Mitrovich bor. Serbiyalik hujumchi qo‘lidan kelganicha yordam bera oladi. Unga Vyetto va Andre Shyurrlelar ko‘makchi bo‘lishga urinib ko‘rishadi. Ranyeri uchchalasini bir vaqtda o‘ynatishi yoki bittasini zaxirada qoldirib, ko‘proq himoyani mustahkamlashi mumkin. Ya’ni variantlar topiladi.

O‘z-o‘ziga ishonch

Maxrezning Ranyeri qo‘li ostida ko‘rsatgan jasorati bu italiyalik murabbiyning unga bergan ishonchi mevasi hisoblanadi. O‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch klubni chempionlik sari yetaklagan edi.

Klaudio Ranyeri jamoasi e’tiborini jamlay oldi va ajoyib tarzda tashkillashtira olgandi. «Fulxem»da ham yangi murabbiy futbolchilariga o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qaytarishi talab etiladi. Mouson va Chembersni katta futbolda ham mo‘jizalar ko‘rsata olishga qurbi yetishini tushuntirib berishi shart. Seri, Angissa va boshqalarni yarim himoyani nazoratda tutib tura olishlariga ishontirishi kerak. Mitrovich, Vyetto va Shyurrlelarni klub uchun ko‘plab gollar ura olishlariga ishontirishi kerak. Xullas futbol muxlislari mo‘jiza yana sodir bo‘lishiga tayyor turavering. Bu safar u «Fulxem»da sodir bo‘ladi!

Erkinjon G‘aybullayev tayyorladi

Manba: Penalti.uz
Kiritildi: 19:51, 21.11.2018.
O'qildi: 2128 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.