Maurisio Sarrining otasi murabbiy nima uchun "Napoli"ni tark etishga qaror qilgani haqida aytib o‘tdi.
"Shubhasiz, "Napoli" Maurisioning qalbida umrbod qoladi. U Neapolda ajoyib yillarni o‘tkazdi. U bajonudil "Napoli"da qolgan bo‘lardi. Ammo klub prezidenti Aurelio De Laurentis va uning o‘rtasida nimadir yuz berdi. Afsuski, aynan nima bo‘lganini aniq bilmayman", – dedi Sarrining otasi Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun. Sarri 2018 yilning yozida "Chelsi" bilan shartnoma imzoladi.