Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Super yulduzlarning ko‘rinishi oxirgi 10 yil davomida nechog‘li o‘zgardi? (Fotogalereya)

Super yulduzlarning ko‘rinishi oxirgi 10 yil davomida nechog‘li o‘zgardi? (Fotogalereya)

Baho:
+ | -

Garet Beyl, Krishtianu Ronaldu, Zlatan Ibragimovich va boshqa yetuk futbolchilar 2008 yili qanday holatda edilar? Bu mavzu ko‘pchilikni alohida qiziqtirsa, ajabmas.

Demak, championat.com saytining quyidagi fotojamlanmasi yordamida top-futbolchilarning o‘tmishi va buguniga zimdan nigoh tashlaymiz.

Gonsalo IGUAIN

2008 yil. Argentinalik hujumchi «Real» zaxirasiga «mustahkam» o‘rnashgandi. Chunonchi, «Madrid»ning hujumida asosiy ishni Raul, Robinyo va Ruud van Nistelroy bajarishardi. To‘g‘ri, Gonsalo atigi 1 yildan keyin boshlang‘ich tarkibdan joy olgandi.

2018 yil. Iguain «Real», «Napoli» va «Yuventus» bilan o‘nlab sovrin yutgach, endi «Milan» uchun gollar urmoqda.

Ueyn RUNI

2008 yil. Yo‘q, surat to‘g‘ri tanlangan. Shunchaki, Uyen hozir chindan ham, 10 yil oldingiga nisbatan yaxshiroq ko‘rinishga ega... Ha, u 2008 yili «MYU» yulduzi bo‘lishga, CHLda g‘alaba qozonishga, yana Angliya matbuoti orqali tarbiyasi og‘ir futbolchi sifatida nom qozonishga ulgurgandi.

2018 yil. Runi ayni payt MLSning yangi yulduzi maqomida. U okean ortida bir necha chiroyli gollar urishni ham uddaladi.

Krishtianu RONALDU

2008 yil. Krishtianu may oyida faoliyatidagi CHLning birinchi finaliga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. U yakunda o‘z maqsadiga erishgan ham...

2018 yil. Krishtianu - mukammal futbolchi. U shu 10 yillik oralig‘ida «Real»da 9 mavsum to‘p surib, barcha sovrinlarga ega chiqdi, chin afsonaga aylandi. Navbatda - «Yuventus»ni yuksaklikka ko‘tarish missiyasi.

Lionel MESSI

2008 yil. Hali «Barselona»ning bosh yulduzi emas (Ronaldinyo asosiy yetakchi edi), hali Argentina termasining 10-raqamli futbolchisi emas (18-raqam ostida o‘ynardi), ammo «Oltin to‘p»ning real da’vogari.

2018 yil. 5ta «Oltin to‘p» va behisob tatuirovkalar egasi. Yana zamonaviy futbolning ikki qirolidan biri.

MARSELO

2008 yil. Aytishlaricha, Marselo bolaligida do‘stlariga so‘z bergan ekan: «Agar meni «Real»ga olishsa, sochimni hech qachon kaltalashtirmayman».  Ehtimol, bu rost emasdir, lekin Marselo 10 yil davomida uzunsoch bo‘lib yurdi, darhaqiqat. Asosiysi, u 2008 yiliyoq «Real» himoyasining chap qanotida bosh rolga chiqqandi.

2018 yil. Marselo hamon «Madrid»ning asosiy chap qanot himoyachisi. Ha, u barqarorlik ramzi ham.

Serxio RAMOS

2008 yil. 22 yoshli Serxio - qo‘pol va qat’iyatli himoyachi, Ispaniya terma jamoasi va «Real» klubining asosiy tarkibi a’zosi. Yana qizlar kabi soch turmagiga ega yigit...

2018 yil. O‘sha-o‘sha obraz. Bitta farqi, u endi sardor. O‘yini ham obraziga muvofiq.

Garet BEYL

2008 yil. Uels «shahzodasi» 10 yil oldin istiqbolli, lekin jarohatlanishga moyil chap qanot himoyachisi edi. «Tottenxem» uning transferiga 11 mln. funt sarflab, nishonni to‘g‘ri urdi.

2018 yil. Beyl - «Real»ning o‘ng qanot vingeri. Transfer bahosi esa 100 mln. yevrodan baland. Ammo u hamon tez-tez jarohatlanmoqda.

Aryen ROBBEN

2008 yil. Jarohatlardan azoblangan yana bir futbolchi. Deylik, Aryen 2008 yilgi mavsumning o‘zida 5 marta safdan chiqqandi. Sog‘lom bo‘lgan vaqti esa, «Real»ning yetakchi o‘yinchilari qatoriga qo‘shilardi.

2018 yil. Qaysidir ma’noda aytsak, Robben atrofidagi voqealar ssenariysi o‘zgargani yo‘q. Faqat manzil boshqa - «Bavariya».

David SILVA

2008 yil. Avvaliga Yevropa chempionatida g‘alaba nashidasini surgan Davidning keyinroq uzoq vaqt davolanishiga to‘g‘ri kelgandi. Bu vaqtda uning «Manchester Siti» safiga qo‘shilishiga 2 yil qolgandi...

2018 yil. Silva - «Siti» sardori va afsonasi. Xosep Gvardiola so‘zlariga ishonsak, u aynan ispan yigiti tufayli «shaharliklar»ni boshqarishga moyillik sezgan emish...

BONUS - LUKA MODRICH

Xorvatiyalik futbolchi qiyofasida mutlaqo o‘zgarish yo‘q. Qarang, bu suratlardan biri 10 yil oldin olingan...

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 23:41, 25.11.2018.
O'qildi: 13044 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.