Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

III Paraosiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga qancha pul mukofotlari berilishi ma’lum bo‘ldi

III Paraosiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga qancha pul mukofotlari berilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

2018 yilning oktyabr oyida Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o‘tkazilgan III Paraosiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Bu haqda Bu Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 4 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sportchilarni mukofotlash to‘g‘risida farmoyishi imzolangan.

Unga ko‘ra, Paraosiyo o‘yinlari oltin medali sohiblari 5000, kumush medal sovrindorlari 3000, bronza medaliga ega chiqqan sportchilar esa 2000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Ushbu pul mukofotlari III Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash uchun tashkil etiladigan taqdirlash marosimida o‘z egalariga topshiriladi.

O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi musobaqada 35 oltin, 24 kumush va 18 bronza, jami 77 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan o‘rin egallagan. O‘zbekiston delegasiyasi musobaqada 54 nafar sportchi bilan ishtirok etib, musobaqa tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan.

Manba: XS
Kiritildi: 18:40, 05.12.2018.
O'qildi: 2310 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик