Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Umid Ahmadjonov Dohada bo‘lib o‘tayotgan FIFA sammitida Janni Infantino bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Dohada bo‘lib o‘tayotgan FIFA sammitida Janni Infantino bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun Qatar mamlakatiga jo‘nab ketgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun Doha shahrida sammittning asosiy sessiyalari boshlandi. Unda FIFAga a’zo 5 ta konfederasiyadan 50 ta mamlakat vakillari orasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti umid_ahmadjonov1.jpg ham ishtirok etmoqda.

Sammit davomida FIFA tomonidan tashkil etilayotgan musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni, bu borada yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, tashkiliy qo‘mita hisobotlari tinglanyapti. Shuningdek, FIFAga a’zo futbol assosiasiyalarini «FIFA Forward» dasturi asosida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilinmoqda. «FIFA Forward» dasturi asosida a’zo mamlakatlar futbol assosiasiyalari futbol infratuzilmasini yaxshilash, sun’iy va tabiiy qoplamali maydonlar barpo qilish va ularni rekonstruksiya qilish, bolalar va ayollar futbolini rivojlantirish hamda boshqa ko‘plab shu kabi yo‘nalishlar bo‘yicha moliyaviy yordam olishlari mumkin.

Bundan tashqari, sammit sessiyalarida FIFA tasnifi ostida o‘tayotgan musobaqalarda VAR tizimini yo‘lga qo‘yish, bu tizimni rivojlantirish bo‘yicha ham amaliy takliflar ko‘rib chiqiladi.

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan FIFA sammiti 13 dekabr kuni o‘z yakuniga yetadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:13, 12.12.2018.
O'qildi: 3492 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.