Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan seleksiya ishlari o‘zining qizg‘in pallasida

Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan seleksiya ishlari o‘zining qizg‘in pallasida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Avvalroq Milliy olimpiya qo‘mitasi yengil atletika bo‘yicha Respublika bo‘ylab keng miqyosdagi seleksiya ishlarini boshlagani haqida xabar qilgandik.

Ko‘rik-tanlov sifatida o‘tkazilayotgan seleksiyaning dastlabkisiga 25 noyabr kuni Andijon viloyatida start berilgandi. Shu kungacha mamlakatimizning 11 ta viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida seleksiya ishlari olib borildi.

Viloyatlarda, chekka-chekka hududlarda istiqomat qiluvchi yosh yigit-qizlar o‘zlarini yadro uloqtirish, uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash va 60 metrga yugurish kabi yo‘nalishlarda sinab ko‘rishdi. Iqtidorli sportchilar murabbiylar tomonidan saralab olindi. Endilikda tanlab olingan sportchilar bilan murabbiylar texnik-taktik yo‘nalishda ish olib borishadi va musobaqalarga tayyorlashadi.

Asosiy maqsad – terma jamoamizga yangi nomlarni yetishtirib berish va kelajakda ularni xalqaro musobaqalarda, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishini ta’minlashdir.

Endilikda yana ikki hudud – Toshkent viloyati (16 dekabr) va Toshkent shahri (17 dekabr)da istiqomat qiluvchi yoshlarimiz uchun seleksion musobaqa tashkil qilinadi. Har ikki ko‘rik-tanlov ham Chirchiq shahridagi O‘zbek davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘tkaziladi. O‘zingizni sinab ko‘rish uchun juda yaxshi imkoniyat. Fursatni boy bermang!

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:21, 15.12.2018.
O'qildi: 5722 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.