Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Odil Hamrobekov: E’tiborga arzigulik futbolchi

Odil Hamrobekov: E’tiborga arzigulik futbolchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Osiyo futbol konfederasiyasining rasmiy sayti www.the-afc.com Osiyo Kubogi oldidan ishtirokchi terma jamoalar tarkibida porlashi kutilayotgan futbolchilar haqida turkum maqolalar e’lon qilib bormoqda. Bu safar OFK sayti O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekovga e’tibor qaratdi. Quyida e’tiboringizga OFK saytida e’lon qilingan maqolaning tarjimasini havola qilamiz:

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘zining 7-Osiyo Kubogi hisoblangan BAAda bo‘lib o‘tadigan musobaqada bir qator futbolchilar qatori Odil Hamrobekovga ham katta umid bog‘lamoqda. 

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o‘tkazilgan barcha Osiyo Kubogi musobaqalarida ishtirok etgan. Uch marta chorak final va bir marta (2011 yilda) yarim finalga qadar yetib borgan. Endilikda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi finaliga yo‘l olmoqchi. 

MTJdagi debyut 

Odil Hamrobekov 2017 yil milliy terma jamoa tarkibida BAAga qarshi o‘yinda debyut qilgan bo‘lib, shu paytga qadar "Oq bo‘rilar" tarkibida 9ta o‘yinda maydonga tushgan.

Yarim himoyachi shu yil yanvarda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgandi. 

O‘yin uslubi

22 yoshli Odil Hamrobekov maydonni yaxshi ko‘ra oladi, raqiblari o‘yinini a’lo darajada o‘qiydi. U yarim himoya, tayanch yarim himoya va himoya chizig‘ida o‘ynay oladi. 

Ishonchli tarzda himoyalana olish uning yagona yutug‘i emas. Hamrobekov hujumlarga ham faol qo‘shiladi, o‘yin tempini nazorat qilishi mumkin. Kerak paytlarda sovuqqonlik bilan harakat qila oladi. 

Odil Hamrobekov

Fuqaroligi: O‘zbekiston

Tug‘ilgan sanasi: 13.02.1996

Pozisiya: Yarim himoyachi

Hozirgi klubi: "Nasaf" (O‘zbekiston)

Avvalgi klubi: Yo‘q
 

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogidagi o‘yinlari taqvimi:

O‘zbekiston - Ummon

"Sharja" stadioni, Sharja

O‘yin sanasi: 9 yanvar, 18:30

 

O‘zbekiston - Turkmaniston

"Ar-Rashid" stadioni, Dubay

O‘yin sanasi: 13 yanvar, 21:00

 

O‘zbekiston - Yaponiya

"Shayx Xalifa" stadioni, Al-Ayn

O‘yin sanasi: 17 yanvar, 18:30 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 18:59, 17.12.2018.
O'qildi: 5713 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.