Mavsum yakuniga ko‘ra “Buxoro” bilan shartnomasi yakunlangan Artur Filiposyan jamoa bilan xayrlashib, Tailand jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi Tailand oliy divizion vakili “Prachuap FC” jamoasi safiga borib qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoa ushbu yakunlangan mavsumda 18 ta jamoa orasida 6-o‘rinni egallagan edi.