Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Raqiblarimiz: Ummonning maqsadi jiddiy

Raqiblarimiz: Ummonning maqsadi jiddiy

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

BAAda o‘tkaziladigan Osiyo kubogida O‘zbekistonning birinchi raqibi Ummon termasi bo‘ladi. Boshqalar qatori bu jamoa ham musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ma’lumot uchun, ummonliklar o‘tgan yili Quvaytda o‘tkazilgan «Ko‘rfaz kubogi»da g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan. Jamoa finalda BAAni penaltilar seriyasiga ko‘ra 5:4 hisobida mag‘lub etgandi.

Endilikda gollandiyalik murabbiy Pim Verbek boshqaruvidagi jamoa yanada ko‘prog‘ini xohlayapti. Ya’ni, Ummon termasi Osiyo kubogi-2019da ham o‘zini ko‘rsatmoqchi.

«O‘tgan mavsum «Ko‘rfaz kubogi»da erishilgan g‘alaba bizga yanada ishonch berdi. Ko‘rinib turibdiki, hatto kuchli jamoalarni ham mag‘lub eta olamiz. To‘g‘risini aytsam, Osiyo kubogiga katta umid bilan qarayapman», - dedi Pim Verbek OFK rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Gollandiyalik mutaxassis o‘z fikrida davom etar ekan, yana shuni qo‘shimcha qildi: «Biz G‘arbiy Osiyodagi barcha jamoalar bilan tengma-teng kurasha olamiz. Osiyo kubogiga tayyorgarlik jarayonida Iordaniya, Suriya, Bahrayn, Ekvador kabi jamoalarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik va bu o‘yinlarning birortasida mag‘lub bo‘lmadik. Biz 2018 yil hisobidan 7-8ta uchrashuv o‘tkazib, umuman yutqazmadik. Mana shuning o‘ziyoq jamoa kuchidan darak beradi. Mamlakatda futbolga qiziqish nihoyatda yuqori. Terma jamoaga hamma ishonch bilan qarayapti. Bu esa muhim ahamiyat kasb etadi. Biz bu yog‘iga ruhiy tomonlama o‘sishimiz kerak. «Ko‘rfaz kubogi»ga katta maqsadlarsiz borgandik, ammo g‘olib chiqqanimizdan so‘ng odamlar bizga boshqacha qaray boshlashdi. Bu esa yanada mas’uliyatli bo‘lishimiz kerakligini anglatadi».

Pim Verbek o‘z intervyusida guruhdagi raqiblarga ham to‘xtalib o‘tdi: «Biz baribir kuchli guruhda bo‘lishimizni bilardik, chunki qur’a jarayonida 3-savatchadan joy olgandik. 1-savatchadan Yaponiya, 2-savatchadan O‘zbekiston tushdi. Menga Yaponiyaning o‘yin uslubi yoqadi. Ular eng kuchli jamoalardan biri, kombinasion futbol yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan. O‘ylaymanki, juda qiziq bahs bo‘ladi. O‘zbekiston termasi ham yaxshi shakllangan, ular jismonan kuchli va katta tajribaga ega, doim jahon chempionati saralash bahslarida oxirigacha kurashadilar. To‘g‘ri, mazkur jamoada tajriba bizga qaraganda ko‘p, lekin hammasini maydonda ko‘ramiz. Turkmanistonni gapiradigan bo‘lsam, to‘g‘risi, bu jamoa haqida ko‘p narsa bilmayman. Ammo bu o‘yin ham qiziq o‘tadi, deb o‘ylayman. Biz Osiyo kubogiga uzoq va jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Navbatdagi musobaqadan yanada ko‘prog‘ini kutyapmiz. Asosiy e’tibor esa 9 yanvar kuni bo‘ladigan O‘zbekiston bilan birinchi o‘yinga qaratiladi».

Ta’kidlash joizki, Ummon termasi Tojikiston bilan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol Holid al Hajriy tomonidan 58-daqiqada urildi. Birinchi nazorat bahsida ham Ummon jamoasi 2:1 hisobida zafar quchgandi. Pim Verbek boshchiligidagi terma navbatdagi o‘yinini 27 dekabr kuni Hindistonga qarshi o‘tkazadi. 30 yoki 31 dekabr kuni Ummon Avstraliya bilan kuch sinashadi. 2019 yilning 2 yanvar sanasida esa Tailandga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Ummon termasi O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi ilk raqibi hisoblanadi. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi bahs 9 yanvar kuni «Sharja» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 07:47, 24.12.2018.
O'qildi: 3009 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.