Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Marselo: «Hozir buyuk klubning bir bo‘lagiman»

Marselo: «Hozir buyuk klubning bir bo‘lagiman»

Baho:
+ | -

«Real»ning braziliyalik himoyachisi Marselo Madridning Club del Deportista nashriga kichik intervyu berdi. Suhbat chog‘ida u mavsumning omadsiz starti, Krishtianu Ronalduning jamoani tark etishi xususida gapirib o‘tdi.

Ronalduning ketishi haqida

- U nafaqat jamoadoshim, balki do‘stim hamdir. Serxio Ramos va Luka Modrichlar uchun ham shunday. Jahonning eng yaxshi futbolchisi jamoangizdan ketib qolsa, uni sog‘inishingiz turgan gap. Bu bilan har bir chizig‘imizda eng yaxshi futbolchilar o‘ynamaydi, demoqchimasman. Ammo har qanday klub Krishtianuni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istaydi. Biroq futbolchilar kelsa ham, ketsa ham «Real» «Real» bo‘lib qolaveradi.

Mavsumning omadsiz starti haqida

- Biz hali fevralga yetib bormadik. Aynan o‘shanda barchasi hal bo‘ladi. Sentyabrdanoq xulosa chiqarish yaramaydi. Odamlar bizni tanqid qilishlari mumkin. Biroq hozirgi davrda mavsum borasida xulosa chiqarsalar kulgim qistaydi. Oldimizda Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati turibdi. Mazkur turnirda g‘alaba qozonishimiz lozim. Jamoamiz hamon barcha turnirlar g‘olibligi uchun kurashmoqda.

«Yuventus»ga o‘tishi bilan bog‘liq gap-so‘zlar haqida

- Klubdan ketib, boshqa variant qidirish hech qachon xayolimga kelmagan. Har doim «Real»da qolish uchun qo‘limdan kelganini qilganman. Agar har bir o‘yinda 15 daqiqa imkoniyat berishsa, shu 15 daqiqa bor kuchimni ishga solaman. «Qirollik klubi»ga o‘tishim juda tez ro‘y bergan. Avvaliga bu hazil deb o‘ylaganman. «Real»ni hamisha buyuk klub deb hisoblaganman. Bu jamoada kutilmaganda paydo bo‘ldim. Jamoa o‘yinchilarini oldinlari faqat televizor orqali ko‘rardim. Ayni paytda esa ana shu buyuk klubning bir bo‘lagiman. Biror narsani o‘zgartirishga hojat yo‘q.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 05:04, 25.12.2018.
O'qildi: 3058 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.