Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Sakkiz yil avvalgi sado

Sakkiz yil avvalgi sado

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bundan roppa-rosa 8 yil muqaddam aynan dekabrning so‘nggi kunlari futbol muxlislari Osiyo kubogi-2011 startini sabrsizlik bilan kutishayotgandi. Barchani Vadim Abramov milliy jamoamiz o‘yin uslubiga singdirgan «tajovuzkor futbol» g‘oyasi qanday natija berishi qiziqtirardi. O‘shanda bosh jamoamiz nufuzli turnirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bir necha o‘rtoqlik uchrashuvlarida shijoat bilan o‘ynab, arab futboli bosimidan qutulgandi. Bugungi yosh avlod balki tasavvur qilolmas, u paytlar jamoalarimiz arab futboli vakillari bilan teng­ma-teng bahslashishga cho‘chirdi. Bu g‘alati hayiqish ruhiyat bilan bog‘liq edi, albatta. Har holda, futbolchilarimiz iste’dod va mahorat bobida raqiblardan aslo kam emasliklarini yaxshi bilardik. Aksincha, Maksim Shaskix va Server Jeparov, Aleksandr Geynrix va Odil Ahmedov tilga olinsa, butun Osiyo futboli oyoqqa qalqirdi. Jamoalarimizga faqat raqibdan ustunlik kayfiyati va g‘oliblik ruhi yetishmasdi. Vadim Abramovga xos yondashuv shu ikki bo‘shliqni to‘ldirdi. Intervyularidan birida ta’kidlaganidek, murabbiy buning uchun, avvalo, arab futbolchilarini asabiylashtirish yo‘lini tanlagandi. «Arab futbolchilarini bir necha daqiqa davomida to‘psiz qoldirish kifoya: ular asabiylasha boshlashadi va o‘yin nazoratini yo‘qotishadi. Vaziyatdan foydalanib, keskin va tajovuzkor hujumga o‘tish - g‘alaba omili» kabi mazmunda so‘zlashni yoqtirardi Vadim Karlenovich.

E’tirof etish kerak, hozir ko‘pchilikka tanish bu xulosa o‘sha davr uchun katta yangilik hisoblangan va terma jamoamizning arab futbolidan ustunligini ta’minlagandi. Turnir davomida futbolchilarimiz Qatar, Quvayt va Iordaniya terma jamoalarini ishonch bilan yengish asnosida muxlislar mehrini qozonishgandi. Uyda, ishxonada, ko‘chada - qo‘yingki, hamma bir-birini tabriklardi. Biz ham hayratu hayajonlar og‘ushida «Odil - Osiyoda ovoza!», «Toshib o‘yna, dovonlardan oshib o‘yna!», «Nari tur, yevrofutbol!» kabi ehtiroslarga lim-lim sarlavhalar bilan maqolalar yozgandik. Tahririyatda ish qaynardi, ammo xodimlar charchoq sezishmasdi. Hamkasbimiz Guli Murod terma jamoamizning har bir a’zosiga atab alohida-alohida she’r bag‘ishlagan va ular darhol Doxaga yetkazilgandi.

Muhtaram muxlis! Yuqoridagi mulohazalarni qog‘ozga tushirish chog‘i qalbimizda yana o‘sha shukuhli lahzalarni tuydik, quloqlarimiz ostida yoqimli g‘alaba sadolari yangradi. Ishonchimiz komilki, Siz ham shunday kayfiyatdasiz va «Qaydasan, zafar sadosi?» deya quvonchli onlarni qo‘msayapsiz. Ishoning, barchamiz sog‘ingan o‘sha g‘alaba va quvonch mash’alasi shundoqqina yaqinimizda porlamoqda. Shu mash’ala yog‘dusi biz yozayotgan qog‘oz uzra ruchkamiz va so‘zlar ila mayin hazillashayotgandek, Siz o‘qiyotgan gazeta sahifalarini yoritayotgandek, nazarimizda. Har holda, bizga shunday tuyulmoqda. Vakillarimiz guruh bosqichidan hatlab o‘tishsa, ularga Qatar, Livan, Suriya, Falastin, Iordaniya terma jamoalaridan biri raqib bo‘lishi ehtimoli katta. Xo‘sh, falakning gardishi bilan KXDR termasi raqib sifatida gavdalansa, nima? Mirjalol Qosimovni uyaltirgan birgina xunuk natijani hisobga olmasak, terma jamoamiz shimoliy koreyaliklar bilan basma-bas to‘p surishga qodir. E’tibor berdingizmi, uchinchi variant xususida so‘z ochmadik. Yo‘q, bu kabi taxmin yoki reallikni muxlislarning asabi ko‘tarmaydi. Boshqacha aytganda, futbolchilarimiz Ummon va Turkmaniston terma jamoalari ustidan yorqin g‘alaba qozonib, muxlislarga olam-olam quvonch ulashadilar. O‘zga natija - biz uchun aql bovar qilmas hodisa. Bunday bo‘lishi tasavvurga sig‘maydi. Axir termamiz tizgini Ektor Kuperdek salobatli murabbiy qo‘lida bo‘lgach, shunday deymizda qat’iyat bilan. Mayli-da, biz kelishini yoqlamagan bo‘lsakda, u - Ektor Kuper, baribir.

To‘g‘ri, kimdir «Mulohazani sal ehtiyotkorona yozish kerak. Ana, Joze Mourinyodek benazir murabbiy «MYU»ga g‘oliblik ruhini singdirolmay, futbolchilar bilan arazlasha-arazlasha iste’foga chiqdi. Ser Aleksdan so‘ng Joze va undan oldingi murabbiylar uddalamagan ishni esa Ole-Gunnar Sulsher bir zarb bilan epladi. Qolaversa, Xosep Gvardiola va Maurisio Sarri o‘rtamiyona raqiblar qoshida bosh egishdi. Yana o‘z maydonlarida. Futbolda katta gapirib bo‘lmaydi!» - deya bizga tanbeh berishi mumkin. Tushunamiz. Haqiqatan ham, hozir futbolimizda shu kabi mubham kayfiyat hukmron. 8 yil avval ham jarayon dastlab shunday xavotirli ruh bilan boshlangan va ke­yinchalik hammasi joy-joyiga tushgan. O‘tib ketadi hammasi. Futbolimizga yana yorug‘ kunlar qaytadi. 2010 yili bo‘lgani kabi qish sovug‘ida diydiragan qalblarni futbolchilarimiz yoqqan g‘alaba gulxanlari qizdirib, yoritib yuboradi. Bunga juda oz qoldi. Hozirgacha o‘zining imkoniyatlarini to‘liq namoyish etmagan yoki etolmagan Ektor Kuper kuchini Yaponiya terma jamoasiga kechadigan bahs­da ko‘ramiz. Fikrimizcha, o‘sha uchrashuv, natijadan qat’iy nazar, terma jamoamiz o‘yin uslubi sayqallanishi bilan bog‘liq yakuniy imzoga aylanadi.

Inkor etmaymiz, bir qarashda, Marat Bikmayev o‘sha Aleksandr Geynrix, Sardor Rashidov esa Maksim Shaskix, Ikrom Aliboyev benazir Server Jeparov o‘rnini bosolmaydi, go‘yo. Odil Ahmedovning ham yoshi ancha ulg‘aydi. Ajablanmasa ham bo‘ladi bu holatdan. Chunki raqib jamoalarning vaziyati ham shunga monand va xavotirlanishga o‘rin yo‘q. Keling, qon-qonimizga singgan, ongu shuurimizga mahkam o‘rnashgan raqiblarni hurmat qilish haqidagi aqidalardan butkul xalos bo‘laylik. Raqiblar hurmatini rosa joyiga qo‘ydik. Hurmat qilsak ham, qilmasak ham, hech narsa o‘zgarmasligiga futbolimiz tarixi guvoh. Raqiblar o‘z yo‘liga. Terma jamoamiz, eng avvalo, o‘zini hurmat qilsin! O‘zini hurmat qilgan jamoa raqibni yengishga intiladi va g‘alabalar vositasida muxlislariga hurmat ko‘rsatadi. «Manches­ter Siti» yoki «Chelsi» o‘z maydonida yengilsa, yengilibdi-da. «O‘ynolmaslik iztirobi» nomli maqolamizda yozganimizdek, liderlar qismatida uchrab turadi bu kabi mag‘lubiyatlar. Ulardan farqli o‘laroq, terma jamoamiz O‘YNASH ishtiyoqida yonmoqda. Shu ishtiyoq gulxani baravj gurillasin va uning harorati 

 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:15, 26.12.2018.
O'qildi: 4303 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.