Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

O‘zbekiston klublari lisenziyadan o‘tisholmadi...mi?

O‘zbekiston klublari lisenziyadan o‘tisholmadi...mi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Taniqli futbol eksperti, hamyurtimiz Alisher Nikimbayevning ma’lum qilishicha, mamlakatimizning 17ta klubi 2019 yil uchun OFKdan lisenziyadan o‘tish uchun hujjatlar topshirgan. 

Biroq, ana shu klublardan atigi to‘rttasi, ya’ni “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” hamda “Qizilqum” bu jarayondan muvaffaqiyatli o‘tgan va lisenziya olishga muvaffaq bo‘lgan. Buni tushunsak bo‘ladi, negaki mazkur klublarda ish to‘g‘ri tashkil etilgan, qolaversa, ularda lisenziyalash jarayoni uchun mas’ul xodimlar o‘z ishining ustalari sanaladi. 

“Nasaf”, AGMK hamda “Navbahor” klublari esa sanksiyalar bilan lisenziya olishdi. Qolgan 10ta klub esa lisenziyalash jarayonidan o‘tolmadi. 

Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy: sanksiyalar bilan lisenziya olish nima degani? Gap shundaki, ushbu klublar deylik A kategoriyali talablarni bajargan, ammo B kategoriyaning bir yoki bir nechta majburiy bo‘lmagan talablarini bajarmagan. Bunday holatda klub lisenziya oladi, ammo sanksiyaga tortiladi. Shuni inobatga oladigan bo‘lsak, yangi mavsumda OCHLda debyut qiladigan AGMK, shuningdek, “Nasaf” va “Navbahor” klublari ham lisenziya olishdi, ammo ular ma’lum bir jazoga ham tortiladi. 

Bizni xursand qilgani, AGMK sanksiyalar bilan bo‘lsa ham lisenziyalashdan o‘tgani. Aks holda bu jamoa Osiyo Chempionlar ligasi saralash bosqichida ham ishtirok etolmasdi. 

Endi asosiy masalaga kelsak: nega naqd 10 ta klubimiz OFK talablarini bajarmagan yoki bajarishni istamagan? 

Afsuski, futbol klublarimiz hali ham davlat qaramog‘ida qolishmoqda. Klublarni esa qaysi tashkilot pul bilan ta’minlasa, o‘sha tashkilot rahbariga tegishli yoki yaqinroq bo‘lgan shaxs futbol klubini boshqaradi, garchi u futbol sohasidan yiroq bo‘lsa ham. Mabodo natija o‘xshamay qolsa, avvalo, bosh murabbiy aybdor sanaladi va jazoga ham aynan u tortiladi. Klub rahbari esa (u prezident, menejer, direktor yoki klub raisi bo‘lishi mumkin) jazodan qutilib qolaveradi. 

O‘z navbatida, klub rahbari tizimdagi mas’ul lavozimlarga tanishlarini olib keladi. Barcha mas’uliyat esa sohani tushunadigan ikki-uch nafar xodimning chekiga tushadi. Bu bor gap va buni boshimdan o‘tkazganman. Natijada klub OFK talablarini xo‘jako‘rsinga, ya’ni faqat qog‘ozda bajarib qo‘yadi, amalda esa... Shunday ekan, klublarimizga sohani yaxshi tushunadigan va o‘zbek futboli taraqqiyoti uchun o‘zini baxshida etadigan insonlarni olib kelish vaqti yetmadimikan? 

Manba: Uza
Kiritildi: 11:17, 04.01.2019.
O'qildi: 4827 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.