Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Ignatiy Nesterov: «Terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayman»

Baho:
+1 | -1

BAAda o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan Avstraliya – O‘zbekiston o‘yini (0:0, penaltilar seriyasi bo‘yicha 4:2) yakunlangach, mikst zonada O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov Kun.uz muxbirining savollariga javob qaytardi.

— Siz avvalgi intervyularingizda bu siz uchun so‘nggi Osiyo kubogi ekanligini ta’kidlab o‘tuvdingiz. Bizni JCH-2022 saralash o‘yinlari kutmoqda. Terma jamoada o‘ynashda davom etasizmi?

— Yo‘q… Yoshlar o‘ynashi kerak. Balkim Toshkentda o‘tadigan navbatdagi ayrim o‘yinlarda maydonga tusharman, shundan so‘ng terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayman. Endi yoshlarga o‘zini ko‘rsatishlari uchun navbat berishi kerak. Men esa o‘z oilamga ko‘proq vaqt ajratishga o‘taman.

— Bugungi o‘yin haqida fikringiz qanday?

— Fikrimcha, bizga birozgina tajriba yetishmadi. O‘yin oldidan Avstraliya munosib qarshilik ko‘rsatamiz, ularga aslo oson bo‘lmaydi, deb va’da bergan edim. O‘yin ham men aytgandek bo‘ldi.

— Futbolchilarimizning ko‘rsatgan o‘yinidan qoniqdingizmi?

— Juda qoniqdim. Barchaga tashakkur bildiraman, yigitlarning hammasidan roziman. Bizni qo‘llab turgan yaqinlarimga, butun mamlakatimizdan kelib stadionda va televizor qarshisida bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman.

Eslatib o‘tamiz, Ignatiy Nesterov milliy terma jamoa safida jami 105 ta o‘yinda ishtirok etib, 112 ta gol o‘tkazgan

Manba: KUN
Kiritildi: 22:55, 21.01.2019.
O'qildi: 11081 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик