Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Tokio-2020dagi maqsad — medallar bo‘yicha kuchli o‘nlikka kirish

Tokio-2020dagi maqsad — medallar bo‘yicha kuchli o‘nlikka kirish

Baho:
+ | -

Bugun, 1 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasining navbatdan tashqari Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi tashkil etildi. Unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, Bosh kotib Jasur Matchanov, vise-prezident Ahmadjon Rahimov va Ijroiya qo‘mita a’zolari ishtirok etishdi. Ma’lumot uchun, Ijroiy qo‘mita 23 nafar a’zodan iborat.

MOQ rahbari yig‘ilishni ochib berar ekan, Tokio 2020 Olimpiadasi uchun qo‘yilgan vazifani bajarish uchun hamjihatlikda ish olib borishning ahamiyati katta ekanligi haqida gapirdi.

«Bugungi yig‘ilishimizdan asosiy maqsad Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik masalasidir. MOQ Ijroqo‘m a’zolarining har biri o‘z fikrini bildirish huquqiga ega. Xabaringiz bor, Yaponiya mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlari uchun MOQ tomonidan strategiya ishlab chiqilgan. Bugun ana shu reja bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringizni, takliflaringizni bildirishingiz mumkin bo‘ladi. Sir emaski, asosiy maqsadimiz Tokio Olimpiadasida yaxshi natija ko‘rsatib, xalqimizni, Prezidentimizni xursand qilishdir. 2019 yil lisenzion yil hisoblanadi. Shuning uchun, sport federasiyalari bir yoqadan bosh chiqargan holda ish olib borishimiz lozim. Chunki, barchamizning maqsadimiz bir», – dedi MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov.

Kun tartibiga binoan, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov ham so‘zga chiqar ekan, ushbu strategiyani ishlab chiqishdan maqsad va vazifalarni tushuntirib berdi. Unga ko‘ra, endilikda terma jamoa a’zolarining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari yangicha tizimda olib boriladi. Avvallari tayyorgarliklar jamoaviy tartibda olib borilgan bo‘lsa, endi individual tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, jismoniy va farmokologik tayyorgarlik bo‘yicha ham alohida ish olib borish lozimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida endilikda har bir sport federasiyasiga oshpaz biriktirilishi ma’lum qilindi. U terma jamoa diyetologi va shifokori bilan birgalikda ish olib boradi va Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarimizga biriktiriladi.

Avvalroq, Milliy olimpiya qo‘mitasi Tokio Olimpiadasiga lisenziya qo‘lga kiritgan har bir sportchi uchun 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti ajratishi haqida ma’lum qilingandi. Ularning murabbiyilari esa 50 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo‘lgan sportchilarga ham MOQ tomonidan alohida pul mukofotlari ajratilishi haqida ta’kidlandi.

Sportchilarimizning Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bilan yaqindan hamkorlik qilish, markaz mutaxassislari terma jamoa a’zolarining holatini doimiy ravishda nazorat qilishlari qayd etildi. Aynan ularning tekshiruvlari, hulosalari yordamida sportchilarga murabbiy tomonidan individual yuklamalar beriladi.

Shuningdek, Bosh kotib Jasur Matchanov ham yig‘ilishda so‘zga chiqib, Olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni maxsus tuzilgan beshta komissiya yordamida nazorat qilib borilishi haqida gapirdi. Unga ko‘ra, Tokio Olimpiadasi oldidan beshta – Intizom, Sport tibbiyoti va antidoping, Hakam va inspektorlar, Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha va Appelyasion komissiya tuziladi va tegishli yo‘nalishlarda ish olib boriladi.

Kunchiqar yurt mezbonlik qiladigan Olimpiya o‘yinlari oldidan olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda bir necha yangi sport turlari bo‘yicha lisenziya qo‘lga kiritish imkoniyati bor. Shuningdek, Tokio Olimpiadasiga lisenziyalar sonini sezilarli darajada oshirish, Olimpiadaning o‘zida kuchli o‘nlikka kirish uchun salohiyatimiz yetarli. Buning uchun esa yuqorida ta’kidlanganidek, hamjihatlik bilan, yo‘lga qo‘yilgan tizim asosida ish olib borish talab etiladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:44, 01.02.2019.
O'qildi: 3886 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.