Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Jamshid Asadov: "Maqsadimiz Jahon Kubogini qo‘lga kiritish va o‘zbek futbolchilari dunyoda tengsiz ekanligini yana bir bor isbotlash"

Jamshid Asadov: "Maqsadimiz Jahon Kubogini qo‘lga kiritish va o‘zbek futbolchilari dunyoda tengsiz ekanligini yana bir bor isbotlash"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar
Xabaringiz bor, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi shu kunlarda Turkiyada yig‘in olib bormoqda. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mazkur terma jamoa bo‘lajak musobaqalarga yetarlicha tayyorgarlik olib borishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.   Jamshid Asadov boshchiligidagi futbolchilar shu yilning iyul oyida Polshada bo‘lib o‘tadigan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi Jahon Kubogi musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rishyapti. Ma’lumot uchun, Jahon Kubogi musobaqasi bu yil 7-marotaba o‘tkaziladi. Amaldagi chempion Ukraina terma jamoasi hisoblanadi. Musobaqada 30ga yaqin davlat ishtirok etishi kutilmoqda. Bular orasida Ispaniya, Germaniya, Italiya va shunga o‘xshagan futboli rivojlangangan yurt vakillari ham bor. Musobaqada 5+1, ya’ni 6×6 shaklda  futbol úynaladi (1ta darvozabon va maydondagi 5 nafar futbolchi). 

O‘FA Matbuot xizmati Turkiyada yig‘in olib borayotgan terma jamoa bosh murabbiyi Jamshid Asadov bilan bog‘lanib, ilk xorijiy yig‘in qanday o‘tayotgani va musobaqa tayyorgarlik jarayoni qanday kechayotgani bilan qiziqdi.     "Antaliyadagi yig‘in juda yaxshi o‘tmoqda, tarkibdagi bolalarning hammasi bor kuch-mahoratini ko‘rsatishga harakat qilishyapti. Yig‘in davomida asosan taktika va jamoaviy o‘yinni yaxshilash ustida ishlamoqdamiz, chunki Turkiya yig‘iniga qadar 20 kun davomida Toshkentda yig‘in o‘tkazib, unda asosan  jismoniy tayorgarlik ustida ishlagan edik. Bu terma jamoa tarkibi yangilanganini hisobga olib aytadigan bo‘lsak, hozirgi kunda shogirdlarim ko‘rsatyotgan o‘yindan qoniqish hosil qilmoqdaman. Jamoada ichki muhit juda yaxshi shakllangan, yigitlar barchasi bir-birlari bilan aka-ukadek munosabatda, barcha bir maqsad yo‘lida mehnat qilmoqda.    Yig‘in davomida kuniga 2 mahal mashg‘ulot olib bormoqdamiz, to‘g‘risi bu terma jamoaning birinchi xorijiy yig‘ini bo‘lgani uchun boshida yigitlar biroz qiynalishdi. Lekin hozir hammasi joyida, bizni eng ko‘p xursand qilayotgan narsa bu yigitlardagi ishtiyoq va ularning ko‘zi yonib turgani. Biz terma jamoa katta murabbiyi Aziz  Qosimov bilan kelishib yig‘in dasturini avvaldan ishlab chiqqan edik, hozirda shu dastur bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Terma jamoa o‘yin uslubi o‘zgarmaydi - to‘pni nazorat qilgan holda hujumkor o‘yin ko‘rsatish, tartibli himoya, tezkor qarshi hujumga o‘tish, yukori pressing qo‘llash. Mana shu jihatlarni yaxshilash ustida ishlamoqdamiz.   Bularnig barchasi albatta futbolchidan yuqori jismoniy tayyorgarlikni talab etadi,  ko‘z tegmasin, yigitlar berilgan ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajarishmoqda.  Jaxon kubogiga tayorgarlikni 3 bosqichda olib boramiz. Keyingi yig‘inlar may va iyun oylarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Navbatdagi yig‘inda tarkib yuz foiz almashadi. Viloyatlardan taklif etilgan boshqa iqtidorli yigitlarga ham imkoniyat beramiz, albatta. Uchinchi so‘nggi yig‘inga avvalgi yig‘inlarda o‘zini kúrsata olgan eng kuchlilarni jalb qilamiz. Bu yigitlar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan Jahon Kubogida yurtimiz sharafini himoya kilishadi. Aprel oyida yurtimizning boshqa viloyatlari bo‘ylab seleksiya ishlarini olib borishni rejalashtirganmiz.    Jaxon Kubogida ilk marotaba qatnashishimizni hisobga olsak, bizga oson bo‘lmasligi aniq, chunki biz uchun u yerdagi terma jamoalarning ko‘pi notanish, lekin biz amaldagi Jahon chempionlari sifatida qatnashamiz. Ushbu nomga loyiq tarzda o‘yin namoyish qilishga intilamiz. Yigitlarda JCHdan keyin o‘ziga bo‘lgan ishonch yuqori va bu bizga musobaqa davomida qo‘l keladi, deb o‘ylayman. Bilamiz, hozirgi zamonaviy futbolda ruhiy tayyorgarlik birinchi o‘rinda turadi.    Terma jamoaning imkoniyatlarini yaxshi baholagan bo‘lar edim, bizning maqsad  Jahon Kubogini qo‘lga kiritish va o‘zbek futbolchilari dunyoda tengsiz ekanligini yana bir bor isbotlash. Albatta buni amalga oshirish oson bo‘lmaydi, lekin inson hayotda doim o‘z oldiga maksimal maqsadni qo‘yib, shunga harakat qilsa, albatta niyatiga erishadi, deb o‘ylayman.    Fursatdan foydalanib terma jamoamizga musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi rahbariyatiga va Xalq ta’limi vazirligiga butun terma jamoa a’zolari nomidan minnatdorchilik bildiraman. Xudo xohlasa, biz bo‘lajak musobaqalarda eng yuqori natijalarga erishib, bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz hamda muxlislarni xursand qilish uchun bor kuch-mahoratimizni ishga solamiz", - dedi Jamshid Asadov.   Shuningdek, terma jamoa sardori Jahongir Ochilov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Terma jamoa a’zolarining kayfiyati a’lo darajada, barcha bir oiladek bo‘lib tayorgarlik ko‘rmoqdamiz. Antaliyada o‘tkazilyotgan  mashg‘ulotlar yanada yuqori darajaga chiqishimizga yordam bermoqda. Murabbiylarimiz tomonidan bizga berib borilayotgan ko‘rsatmalarni bajarib, bu yerda yanada ko‘proq tajriba to‘plashga va mahoratimizni oshirib borishga harakat qilyapmiz. Jahon Kubogi musobaqasida g‘alaba qozonib, yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarish bizning asosiy maqsadimiz. O‘FA tomonidan bizga ko‘rsatilyotgan e’tibor va yaratilyotgan sharoitlar bizni judayam xursand qilmokda. Bizga bildirilayotgan ishonchni oqlashga va yurtimizdagi futbol ishqibozlarini xursand kilishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz, albatta".

Manba: UFA.uz
Kiritildi: 17:28, 24.02.2019.
O'qildi: 2750 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.