«Real Madrid» klubi «Atletiko Madrid S» himoyachisi Aymar Garsiya bilan shartnoma imzolash borasida og‘zaki kelishuvga erishdi.
18 yoshli futbolchining shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. U «qirollik klubi» safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi. Ta’kidlanishicha, Garsiya «qaymoqranglilar» yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning e’tiborini tortgan. Ispaniyalik iqtidor markaziy himoyachi pozisiyasida o‘ynaydi, uning bo‘yi — 192 sm.
Joriy mavsumda Aymar Garsiya «Atletiko Madrid S» safida ikkita o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda futbolchi samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.













