«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri transferini yakunlash arafasida turibdi.
Mundo Deportivo nashri xabar berishicha, klublar o‘rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi bosqichga kirgan. Kataloniyaliklar avvalroq futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olgan.
Endi «Barselona» va «Manchester Siti» transfer qiymati bo‘yicha ham kelishuvga yaqin turibdi. Kutilayotgan bitim belgilangan to‘lov hamda bonuslarni o‘z ichiga oladi. Tomonlarga hujjatlarni almashishdan oldin so‘nggi tafsilotlarni kelishib olish qolgan.
Qayd etilishicha, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rodrini jamoa ixtiyoriga shu haftaning o‘zida qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.













