Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga 1-1 Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

Mourinyo “Real”ga Holandni olib kelmoqchi — manba

Mourinyo “Real”ga Holandni olib kelmoqchi — manba

Baho:
+2 | -

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni shu yozdayoq transfer qilish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, Joze Mourinyo norvegiyalik hujumchining transferidan manfaatdor. Biroq bunday yirik transferni amalga oshirish uchun Madrid klubi jamoa yetakchilaridan birini sotishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Bu futbolchi Jud Bellingem bo‘lishi ehtimoli mavjud. Mourinyo angliyalik futbolchining sotilishini ikki sababga ko‘ra zarur deb hisoblamoqda: bu tarkibdagi taktik muvozanatni saqlashga yordam beradi va “Real”ga Holand transferi uchun mablag‘ ishlab olish imkon yaratadi.

Shu bilan birga, Kilian Mbappe va Vinisius Junior jamoada daxlsiz maqomga ega. Ularni norvegiyalik hujumchini transfer qilish uchun sotish varianti Madrid klubida ko‘rib chiqilmayapti.

Holandning o‘zi ham “Manchester Siti”ni tark etish ehtimolini istisno qilmayapti va faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga tayyor.

Biroq vaziyatni “Barselona”ning ham norvegiyalik hujumchiga qiziqayotgani murakkablashtirmoqda. Agar Ispaniyaning ikki grand klubi Holand uchun jiddiy kurashga kirishsa, uning transferi futboldagi eng katta voqealardan biriga aylanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Bellingem “Real” bilan Chempionlar Ligasi va Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan. Keyinchalik u jamoa safida Ispaniya Superkubogi hamda FIFA qit’alararo Kubogini ham qo‘lga kiritgan. Bungacha esa angliyalik futbolchi Dortmundning “Borussiya” klubi bilan Germaniya Kubogida zafar quchgan.

Bellingem Angliya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida ikki bor kumush medal sohibi bo‘lgan — Yevro-2020 va Yevro-2024 turnirlarida. U 2026 yilgi Jahon chempionatida Angliya tarkibida bronza medalni qo‘lga kiritgan.

Angliyalik futbolchining shaxsiy sovrinlari ham talaygina. U 2023 yilda Golden Boy va Kopa Trophy mukofotlarini qo‘lga kiritgan, keyinchalik La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Bundan tashqari, Bellingem Angliya terma jamoasi tarixida 50 ta o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:38, 20.08.2026.
O'qildi: 4127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик