Madridning «Real» klubi murabbiylar shtabi markaziy himoyachi Eder Militaoning sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamayapti.
28 yoshli braziliyalik futbolchi aprel oyidan buyon jarohati sabab maydonga tushmayapti. Biroq hozir u safga qaytishga yaqin turibdi.
Marca nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Militao yaqinda o‘tkazilgan mashg‘ulot o‘yinining so‘nggi daqiqalarida maydonga tushishni istagan.
Shu orqali u «Real» murabbiylar shtabiga o‘ynashga tayyor ekanini isbotlamoqchi bo‘lgan.
Biroq futbolchi qat’iy rad javobini olgan.
«Yo‘q, sen hatto besh daqiqaga ham maydonga tushmaysan», — deyilgan unga.
10 oktyabr, shanba kuni Joze Mourinyo shogirdlari Ispaniya La Ligasining sakkizinchi turida o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi.
Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 11 oktyabr kuni soat 00:00 da boshlanadi.
Ayni paytda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.













