Italiya terma jamoasining sobiq sardori va O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bu yilgi “Oltin to‘p” uchun kurash haqida fikr bildirdi. Kannavaroning so‘zlariga ko‘ra, u mazkur sovrin uchun bahsda “PSJ” va Gruziya terma jamoasi vingeri Xvicha Kvarasxeliyani qo‘llab-quvvatlaydi.
“Xotiralarim yaxshi, men faqat so‘nggi voqealarga e’tibor qaratmayman. O‘tgan mavsumda Chempionlar ligasidagi eng yorqin futbolchi Kvarasxeliya bo‘lgandi. Agar ovoz berishim kerak bo‘lganida, hech ikkilanmasdim. Albatta, Jahon chempionati, Mbappe yoki Messi va uning faoliyatini eslash mumkin. Ammo Kvara aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirdi”, — deya Kannavaroning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport.
“Oltin to‘p” sovrini 26 oktyabr kuni Londonda topshiriladi.













