Superliganing 23-turidan o‘rin olgan 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
«Qo‘qon-1912» «Mash’al»ni yirik hisobda yengdi
«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Mash’al»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabaga erishdi. Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi.
Qo‘qonliklar 16-daqiqada Shohruh Gadoyevning goli evaziga hisobni ochishdi. Shundan so‘ng uchrashuvdagi keyingi gollarni kutishga to‘g‘ri keldi. Bahs yakuniga yaqin «Qo‘qon-1912» ustunligini yanada mustahkamladi. 88-daqiqada Iqboljon Malikjonov ikkinchi golni urgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan 3-daqiqada Silvanus Nimeli yakuniy natijani o‘rnatdi — 3:0.
«Paxtakor» derbida «Bunyodkor»ni mag‘lub etdi
Superliganing 23-turida Toshkentning ikki jamoasi — «Paxtakor» va «Bunyodkor» o‘zaro kuch sinashdi. Murosasiz kechgan uchrashuvda «Paxtakor» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin, 42-daqiqada Zayd Tahsin hisobni ochib, «sherlar»ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa Sardor Abdunabiyev 62-daqiqada «Bunyodkor»ga tenglikni qaytardi.
Shundan so‘ng «Paxtakor» yana faollashdi. 73-daqiqada Doston Hamdamov mezbonlarni qaytadan hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan 2-daqiqada Chinedu Stefan yakuniy nuqtani qo‘yib, «Paxtakor»ning g‘alabasini mustahkamladi — 3:1.
«Buxoro» irodali g‘alabaga erishdi
«Buxoro» va «Andijon» o‘rtasidagi Superliganing 23-tur uchrashuvi haqiqiy gollar shodasiga aylandi. Mehmonlar ikki gol farqi bilan oldinga chiqishgan bo‘lsa-da, buxoroliklar vaziyatni o‘z foydasiga burib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Martin Boakye «Andijon»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda, 73-daqiqada Bekzod Sulaymonov mehmonlarning ustunligini yanada oshirdi — 0:2.
Biroq «Buxoro» taslim bo‘lmadi. 81-daqiqada Nika Kachavara farqni qisqartirdi, oradan uch daqiqa o‘tib esa Asilbek Qayumov hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvning eng dramatik lahzasi qo‘shib berilgan 5-daqiqada yuz berdi. Sherzod Esanov «Buxoro»ning uchinchi golini urib, jamoasiga irodali g‘alabani taqdim etdi — 3:2.
«Nasaf» - «Dinamo» o‘yinida so‘nggi daqiqalar "yondi"
«Nasaf» va «Dinamo» o‘rtasidagi bahs dramatik tarzda yakunlandi. Qarshida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning asosiy voqealari ikkinchi bo‘lim so‘nggi qismida yuz berdi. 80-daqiqada Adenis Shala «Nasaf»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq samarqandliklar oradan uch daqiqa o‘tib, Oybek O‘rmonjonovning goli evaziga muvozanatni tiklashdi.
Durang natijaga yaqin qolgan pallada «Nasaf» hal qiluvchi zarbani berdi. Qo‘shib berilgan 6-daqiqada Alibek Davronov raqib darvozasini ishg‘ol etib, qarshiliklarga muhim g‘alabani taqdim qildi — 2:1.
Superliga. 23-tur
«Qo‘qon-1912» — «Mash’al» — 3:0
Gollar: Shohruh G‘adoyev, 16 (1:0), Iqboljon Malikjonov, 88 (2:0), Silvanus Nimeli, 90+3 (3:0).
«Buxoro» — «Andijon» — 3:2
Gollar: Martin BoakYE, 11 (0:1), Bekzod Sulaymonov, 73 (0:2), Nika Kachavara, 81 (1:2), Asilbek Qayumov, 84 (2:2), Sherzod Esanov, 90+5 (3:2).
«Paxtakor» — «Bunyodkor» — 3:1
Gollar: Zayd Tahsin, 42 (1:0), Sardor Abdunabiyev, 62 (1:1), Doston Hamdamov, 73 (2:1), Chinedu Stefan, 90+2 (3:1).
«Nasaf» — «Dinamo» — 2:1
Gollar: Adenis Shala, 80 (1:0), Oybek O‘rmonjonov, 83 (1:1), Alibek Davronov, 90+6 (2:1).













